Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| O‘sha kuni Yahudo yurtida ushbu qo‘shiq kuylanar: “Mana, shahrimiz qudratlidir! Egamiz bizning qal’amizdir, Uning O‘zi bizga najot beradi. |
| 2 |
| Oching shahar darvozalarini! Sadoqatli solih xalq ichkari kirsin! |
| 3 |
| Ey Egamiz, Senga ishonib, Fikri–zikri Sendan uzilmaydiganga O‘zing komil tinchlik ato qilasan. |
| 4 |
| Egamizga to abad ishon, Uning O‘zi abadiy Qoyamizdir. |
| 5 |
| Yuksalganlarni U yiqitdi, Takabbur shaharni vayron qilib, Yer bilan bitta qildi. |
| 6 |
| O‘sha shaharni mazlumlar oyoq osti qildi, U bechoralarning qadamlari ostida ezildi.” |
| 7 |
| Solihning yo‘li tekisdir, To‘g‘ri yo‘lni Sen unga tayyorlaysan. |
| 8 |
| Ey Egamiz, yo‘l–yo‘riqlaring ila Senga umid qilamiz. Sening nomingni sharaflash Ko‘nglimiz istagidir. |
| 9 |
| Tun bo‘yi yuragim Seni qo‘msaydi, Ha, men Senga intilaman. Yer yuzida Sening hukming bo‘lganda, Olam ahli adolatni biladi. |
| 10 |
| Fosiqlar marhamat ko‘rganda Ular aslo solihlikni o‘rganmas. Haqqoniylik o‘rniga ular egrilik qilaveradi, Sening ulug‘vorligingni ular ko‘rmaydi. |
| 11 |
| Ey Egamiz, qo‘ling ko‘tarilgan, Jazolashga tayyor, Ammo ular buni ko‘rmaydi. Xalqingni deb jon kuydirganingni ko‘rib, Ular sharmanda bo‘lsin. G‘animlaringga atalgan olov ularni yutsin. |
| 12 |
| Ey Egamiz, bizga Sen tinchlik ato etasan, Qilgan ishlarimizning barchasiga Yetishganmiz Sening qudrating ila. |
| 13 |
| Ey Egamiz Xudo, sendan boshqalar Ustimizdan hukmronlik qildilar, Ammo biz yolg‘iz Sening nomingni tilga olamiz. |
| 14 |
| O‘liklar yashamaslar, Ular aslo qaytib kelmas. Ularni Sen jazolab, qirib tashlading, Ularni tamomila xotiradan o‘chirding. |
| 15 |
| Ey Egamiz, xalqimizni Sen ko‘paytirding, Xalqni ko‘paytirib, O‘zing yuksalding, Yurtning barcha chegaralarini kengaytirding. |
| 16 |
| Ey Egamiz, kulfatda qolganlarida Ular Senga yuz burdilar, Sening tanqidlaring ostida egildilar. |
| 17 |
| To‘lg‘oq tutayotgan ayol og‘riqdan qichqirganday, To‘lg‘onib, dod–faryod qilganday, Biz ham Sening oldingda shunday bo‘ldik, ey Egamiz! |
| 18 |
| Homilador bo‘lib, dard tortdik, Ammo shamoldan boshqa hech narsa ko‘rmadik. Na yer yuzida biz g‘olib bo‘ldik, Na avlodlar dunyoga keltirdik. |
| 19 |
| Ammo Sening o‘lik xalqing tiriladi, Tanalari o‘rnidan turadi. Ey tuproq ostida yotganlar, qo‘zg‘aling, Shodlikdan hayqiring! Ey Egamiz, shabnaming tonggi shabnamga o‘xshaydi, Zamin murdalariga hayot bag‘ishlaydi. |
| 20 |
| Keling, ey xalqim, bir oz yashirinib turing! Egamizning g‘azabi bosilguncha, Kiring ichkariga, Ortingizdan eshiklarni yopib qo‘ying! |
| 21 |
| Ana, Egamiz kelayotir maskanidan Zamin ahlini gunohlari uchun jazolagani. Yer to‘kilgan qonlarni fosh etadi, Qotillik qurbonlarini endi yashirmaydi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/isaiah/026.mp3
66
26