Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Hizqiyo shohligining o‘n to‘rtinchi yilida Ossuriya shohi Sanxariv Yahudo yurtiga hujum qildi. Uning hamma mustahkam shaharlarini bosib oldi. |
| 2 |
| Laxish shahridan Ossuriya shohi o‘z mulozimini katta lashkar bilan Quddusdagi shoh Hizqiyoga yubordi. U Yuqori hovuz arig‘i yonida to‘xtadi. Bu ariq kir yuvuvchining dalasiga boradigan yo‘lda edi. |
| 3 |
| Shunda Xilqiyo o‘g‘li Eliyaqim, Shavna va Osif o‘g‘li Yo‘x Quddusdan chiqib, mulozimning yoniga bordilar. Shoh Hizqiyoning saroyida Eliyaqim bosh vazir bo‘lib, Shavna kotib, Yo‘x esa mushovir bo‘lib xizmat qilar edilar. |
| 4 |
| Mulozim ularga shunday dedi: “Ulug‘ Ossuriya shohining shu gaplarini Hizqiyoga yetkazing: ‘Nimangga ishonyapsan o‘zi? |
| 5 |
| Harbiy mahoratingdan va kuch–qudratingdan gapiryapsan, lekin bular quruq gaplar–ku! Kimingga ishonib menga itoat etmayapsan? |
| 6 |
| Ha, sen Misrga ishonyapsan. Lekin Misr yoriq qamishdan qilingan hassaga o‘xshaydi–ku! Unga suyansang, qo‘lingga sanchiladi. Misr fir’avniga ishonganlarning hammasi shu ahvolga tushadi. |
| 7 |
| Balki sizlar: «Biz Egamiz Xudoga ishonamiz», deb aytarsizlar menga. Axir, Hizqiyo o‘sha Egangizning sajdagohu qurbongohlarini buzib tashlab, Yahudo xalqi va Quddusliklarga: «Faqatgina Quddusdagi qurbongohning oldida sajda qilinglar», deb aytgan–ku! ’ |
| 8 |
| Kelinglar! Endi janobi oliylari Ossuriya shohi nomidan sizlar bilan bir garov o‘ynaylik. Mana, sizlarga ikki mingta ot beramiz, qani, ularni minishga odam topinglar–chi! |
| 9 |
| Qani, ko‘raylik–chi, shohimning qullari orasidagi eng kichik bir lashkarboshisini mag‘lub qila olasizmi?! Axir, o‘zingiz Misrning jang aravalariyu otliqlariga umid bog‘lab o‘tiribsiz. |
| 10 |
| Qolaversa, bizni Egangizning xohishisiz bu yurtni vayron qilishga kelgan, deb o‘ylaysizlarmi? Egangizning O‘zi bizga: ‘O‘sha yurtga borib, u yerni vayron qilinglar’, deb amr bergan–ku!” |
| 11 |
| Eliyaqim, Shavna va Yo‘x mulozimga: — Bu qullaringga oramiycha gapiraver, oramiychani tushunamiz. Ibroniycha gapirma. Tag‘in devor ustidagilar bizning gapimizni eshitib qolmasin, — dedilar. |
| 12 |
| Mulozim esa shunday javob berdi: — Shohim bu so‘zlarni faqat hukmdoringizga va sizlarga gapirsin, deb meni yuboribdimi?! Devor ustida to‘plangan odamlarga ham gapiryapman–da. Ular ham, sizlar kabi, tezaklarini yeb, siydiklarini ichishga giriftor qilingan. |
| 13 |
| So‘ngra u tik turib, baland ovoz bilan ibroniycha gapirdi: “Ulug‘ shoh — Ossuriya shohining gaplarini eshiting! |
| 14 |
| Shoh hazratlari shunday aytmoqda: ‘Hizqiyo sizlarni yo‘ldan urmasin. U baribir sizlarni qutqara olmaydi. |
| 15 |
| « Egamiz bizni albatta qutqaradi, bu shahar Ossuriya shohi qo‘liga berilmaydi», deb Hizqiyo sizlarni Egangizdan umidvor qilmasin.’ |
| 16 |
| Shohingiz Hizqiyoga quloq solmanglar. Mana Ossuriya shohi aytmoqda: ‘Men bilan sulh tuzib, mening oldimga kelinglar. Shunda har kim o‘z uzumzoriyu anjir daraxti hosilidan yeyaveradi, o‘z sardobasidan suv ichaveradi. |
| 17 |
| Kelganimdan keyin esa men sizlarni o‘z o‘lkangizga o‘xshagan bir yurtga olib boraman. U joy bug‘doy, sharob, non, uzumzorlarga boy yurtdir. |
| 18 |
| Yana Hizqiyo: « Egamiz bizni qutqaradi», deb sizlarni aldamasin. Qani, qaysi xalqning xudosi o‘z yurtini Men, Ossuriya shohining qo‘lidan qutqaribdi?! |
| 19 |
| Xomat bilan Arpad shahrining xudolari qani?! Sefarvayimning xudolari–chi?! Birorta xudo Samariyani mening qo‘limdan qutqara olmadilar–ku! |
| 20 |
| Jamiki xalqlarning xudolaridan qaysi biri o‘z yurtini mening qo‘limdan qutqaribdiki, Egangiz Quddusni qutqara olsa?!’” |
| 21 |
| Ammo xalq jim turaverdi. Birontasi ham javob bermadi. Chunki shoh Hizqiyo: “Uning gapiga javob qaytarmanglar”, deb farmon bergan edi. |
| 22 |
| Bosh vazir bo‘lgan Xilqiyo o‘g‘li Eliyaqim, kotib Shavna va mushovir bo‘lgan Osif o‘g‘li Yo‘x esa qayg‘udan liboslarini yirtib, Hizqiyoning oldiga keldilar. Ular muloziming gaplarini Hizqiyoga aytib berdilar. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/isaiah/036.mp3
66
36