Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| O‘sha paytlarda Baladon o‘g‘li, Bobil shohi Marduxbaladon shoh Hizqiyoga maktublaru hadyalar jo‘natdi. U Hizqiyoning xastalanib, keyin sog‘ayganini eshitgandi. |
| 2 |
| Hizqiyo elchilarni ko‘rib xursand bo‘ldi. Xazinasidagi bor narsa — omborlardagi hamma qimmatbaho ashyolarini, oltinni, kumushni, xushbo‘y hidli ziravorlarni va moylarni, butun qurol–yarog‘ omborini ularga ko‘rsatdi. Hizqiyoning saroyidayu o‘z shohligida ularga ko‘rsatmagan hech narsasi qolmadi. |
| 3 |
| Ishayo payg‘ambar shoh Hizqiyoning huzuriga kelib: — Bu odamlar qayerdan kelibdi? Senga nimalar dedi? — deb so‘radi. — Uzoq bir yurtdan, Bobildan mening huzurimga kelibdilar, — deb javob berdi Hizqiyo. |
| 4 |
| — Ular saroyingda nimalarni ko‘rdi? — dedi Ishayo. — Saroyimdagi hamma narsani ko‘rdilar. Xazinalardan men ularga ko‘rsatmagan hech narsa qolmadi, — deya javob berdi Hizqiyo. |
| 5 |
| Shunda Ishayo aytdi: — Endi Sarvari Olamning so‘ziga quloq sol. |
| 6 |
| Egamiz aytmoqdaki: “Bir kun kelib, saroyingdagi hamma narsa, ota–bobolaringning bugungacha to‘plab qoldirganlari Bobilga tashib ketiladi. Hech narsa qolmaydi. |
| 7 |
| Sening pushti–kamaringdan bo‘lgan o‘g‘illaringdan ba’zilari ham olib ketiladi. Ular Bobil shohining saroyida bichilgan qullar bo‘lib xizmat qiladi.” |
| 8 |
| Hizqiyo Ishayoga: — Egamiz sen orqali aytgan so‘zlar yaxshi ekan, — dedi–da, ichida: “Umrim oxirigacha tinch, xotirjam yashar ekanman”, deb o‘yladi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/isaiah/039.mp3
66
39