Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Egam aytar: “Mening oldimda sukut saqlang, Ey dengiz ortidagi yurtlar! Xalqlarning kuchi qayta tiklansin. Ular yaqinroq kelib, gapirsinlar. Hukm qilishga birga yig‘ilaylik. |
| 2 |
| Kim sharqdan g‘olib shohni chaqirdi? Kim uni o‘z xizmatiga chaqirdi? Kim unga elatlarni bo‘ysundiradi? Kim shohlarni oyog‘i ostida ezadi? Qilichi bilan ularni chopib tashlaydi, Yoyi bilan ularni somonday uchiradi. |
| 3 |
| Ularni ta’qib qiladi, Oyoq bosmagan yo‘ldan yuradi, O‘sha joylardan eson–omon o‘tadi. |
| 4 |
| Bularni qiladigan kim, bajaradigan kim?! Boshidan avlodlarni dunyoga keltirgan kim?! Men emasmi?! Azaldan Men sizning Egangizman, Oxirgacha ham Egangiz bo‘laman. |
| 5 |
| Dengiz ortidagi yurtlar Buni ko‘rib, qo‘rqadi. Yer yuzining to‘rt burchidan titrab, Ular yaqinlashib keladi. |
| 6 |
| ‘Qo‘rqmagin’, deya hamma Bir–biriga dalda beradi. |
| 7 |
| Mana, hunarmand odam Tilla ustasiga dalda beradi. ‘Ha, yaxshi chiqdi’, deb misgar Temirchiga dalda beradi. Yiqilib tushmasin, deb butni mixlab qo‘yadi. |
| 8 |
| Ammo sen–chi, ey qulim Isroil, Ey O‘zim tanlagan Yoqub nasli, Do‘stim Ibrohimning avlodi! |
| 9 |
| Seni yerning to‘rt burchidan olib keldim, Yerning olis burchaklaridan chaqirdim. Aytdimki: ‘Sen Mening qulimsan, Seni tanladim, rad etmadim.’ |
| 10 |
| Qo‘rqma, Men sen bilan birgaman, Vahimaga tushma, Men sening Xudoyingman. Senga kuch beraman, O‘zim yordamga kelaman, G‘olib o‘ng qo‘lim bilan seni qo‘llayman. |
| 11 |
| Ha, senga qarshi bo‘lganlarning hammasi Sharmandayu sharmisor bo‘lib qoladi, Dushmanlaring yo‘q bo‘ladi, nobud bo‘ladi. |
| 12 |
| Urush qiladiganlarni izlab ham topa olmaysan, Sen bilan jang qilganlar tamomila tugab bitadi. |
| 13 |
| Men O‘zim, Egang Xudo, o‘ng qo‘lingni kuchaytiraman, Senga: ‘Qo‘rqma, O‘zim yordamga kelaman’, degan Menman.” |
| 14 |
| Egamiz shunday aytmoqda: “Qo‘rqma, ey Isroil xalqi, Yoqub nasli! Sen kichkina bir chuvalchangdaysan. Ammo O‘zim senga yordam beraman. Men, Isroil xalqining muqaddas Xudosi, Sening Qutqaruvchingman. |
| 15 |
| Sendan bug‘doy yanchadigan xo‘ptir yasayman, Yangi, o‘tkir, tishli xo‘ptir qilaman, Sen tog‘larni yanchasan, ezasan, Tepaliklarni somon qilasan. |
| 16 |
| Sen ularni sovurib tashlaysan, Ularni shamol uchirib ketadi. Bo‘ron ularni to‘zg‘itadi, Sen esa Men, Egang, tufayli sevinch topasan, Isroil xalqining muqaddas Xudosi ila maqtanasan. |
| 17 |
| Qashshoqlaru muhtojlar suv izlar, Ammo suv yo‘q. Og‘izlari chanqoqdan qurib ketgan. Men, Egangiz, ularga javob beraman, Men, Isroil xalqining Xudosi, ularni tark etmayman. |
| 18 |
| Yalang‘och tepaliklar ustidan daryolar o‘tkazaman, Vodiylar o‘rtasida buloqlar ochaman. Sahrolarni suv to‘la hovuzlarga aylantiraman, Qaqragan yerda buloqlar ochaman. |
| 19 |
| Cho‘lda sadr, akas, zaytun daraxtlarini, Hamda mirta butalarini o‘stiraman, Sahroda sarv, archa, qarag‘ay daraxtlarini o‘stiraman. |
| 20 |
| Mana, hamma ko‘rib bilsin, Bularni Men, Egasining qo‘li qilganini tushunsin. Men, Isroil xalqining muqaddas Xudosi, Bularni yaratganimni ular anglab yetsin.” |
| 21 |
| Yoqub naslining Shohi — Egamiz, shunday deydi: “Da’volaringizni ayting, Isbotingizni keltiring. |
| 22 |
| Qani, butlaringizni olib keling, Kelajakda nima bo‘lishini Butlaringiz aytib bersin. O‘tmishda bo‘lganlarni tushuntirsin–chi! O‘shalar haqida o‘ylab ko‘raylik. Oxiri nima bo‘lishini bilaylik. Ha, bo‘ladiganlarni bizga aytsin. |
| 23 |
| Ey butlar! Kelajakni bizga bildiring, Shunda xudo ekanligingizni bilamiz. Biron yaxshilik yoki yomonlik qilib ko‘ring–chi, Ko‘rib, birgalikda vahimaga tushaylik. |
| 24 |
| Axir, sizlar hech nima emassiz, Ishlaringiz esa undan ham battar. Sizni tanlaganning o‘zi jirkanchdir. |
| 25 |
| Men shimoldan bir yetakchi chaqirdim. Ana, u keladi. Sharqdan kelib, Mening nomimga shuhrat keltiradi. Hukmdorlarni u tuproqday oyoq osti qiladi, Kulolning loyiday qilib tepkilaydi. |
| 26 |
| Kim buni oldindan aytibdiki, biz bilibmiz?! Kim buni ilgari bildiribdiki, ‘U haq edi’, deb aytsak?! Sizlar gapirganingizni hech kim eshitmadi, Hech kim aytmadi, xabar bermadi. |
| 27 |
| Quddusga bashorat qilinganlar, Qarang, mana o‘shalar! Ha, Sionga yana xushxabar elchisini Men yubordim. |
| 28 |
| Qaradim, lekin birontasi yo‘q, Orasida birorta maslahatchi yo‘q, So‘raganda javob beradigani yo‘q. |
| 29 |
| Qarang, butlarining hammasi soxta, Qilgan ishlari hech nima emas, Hamma butlari shamolday behuda.” |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/isaiah/041.mp3
66
41