Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Uyg‘on, uyg‘on, ey Quddus, Kuch–qudratga to‘lgin. Ajoyib kiyimlaringni kiygin, Ey Sion, muqaddas shahar! Mana endi sunnatsizlar, nopoklar Darvozalaringdan ichkari kirmaydi! |
| 2 |
| Tuproqni qoqib tashla, tur! Ey Quddus, o‘z joyingda o‘tir! Bo‘yningdagi zanjirni uzib tashla, Ey asira qiz Sion! |
| 3 |
| Mana Egamiz shunday demoqda: “Sizlar bepul sotilgan edingiz, endi pulsiz qutqarilasiz.” |
| 4 |
| Ha, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Oldin xalqim Misrga bordi. U yerda musofir bo‘ldi. Keyin Ossuriyaliklar sababsiz ularga zulm o‘tkazdi. |
| 5 |
| Bu nimasi? — demoqda Egamiz. — Xalqim behudaga bosib olindi. Hukmdorlari faryod qilmoqda, — demoqda Egamiz. — Mening nomim doimo, kun bo‘yi haqorat qilinmoqda. |
| 6 |
| Shu bois xalqim nomimni bilib oladi. Ha, Men gapirayotganimni o‘sha kuni ular bilib oladi. Mana, Men O‘shaman.” |
| 7 |
| Tog‘lar osha tinchlikni e’lon qilgan Xabarchining qadamlari naqadar go‘zal! U xushxabar olib kelmoqda, U najotni e’lon qilmoqda, U Quddusga: “Xudoying hukmrondir”, demoqda. |
| 8 |
| Quloq soling! Soqchilaringiz ovozini ko‘tarmoqda, Birgalikda ular shodlikdan kuylamoqda! Axir, Egamiz Quddusga qaytib kelganda Ular o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi. |
| 9 |
| Ey Quddus vayronalari! Birgalikda sevinch ila hayqiring. Egamiz O‘z xalqiga tasalli berdi, Quddusni qutqarib, O‘ziga oldi! |
| 10 |
| Hamma xalqlarning ko‘z o‘ngida Egamiz muqaddas qo‘lini ko‘rsatdi. Xudoyimizning najotini Yerning to‘rt burchi ko‘radi. |
| 11 |
| Keting, keting, u yerdan chiqing! Harom bo‘lganlarga tegib ketmang! Ey Egamizning muqaddas ashyolarini ko‘taradiganlar, U yerdan chiqinglar, poklaninglar! |
| 12 |
| Mana, siz shoshilmay yo‘lga chiqasiz, Qochishingizga aslo hojat qolmaydi. Axir, Egamiz oldingizdan bormoqda, Isroil xalqining Xudosi ortingizdan Sizni qo‘riqlamoqda. |
| 13 |
| Egam aytar: “Mana, Mening qulim yashnaydi, U ko‘tarilib, yuksaladi, G‘oyat balandga ko‘tariladi. |
| 14 |
| Ilgari uning qiyofasi shunday badbashara ediki, Inson zotiga o‘xshash joyi qolmagan edi. Shu bois ko‘plar uning oldida dahshatga tushdi, |
| 15 |
| Endi esa u ko‘p xalqlarni hayratda qoldiradi, Uni deb shohlar ham lol bo‘lib qoladi. Axir, ularga aytilmaganlarni ko‘radilar, Eshitmaganlarini ular anglab yetadilar.” |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/isaiah/052.mp3
66
52