Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Nima, Egamizning qo‘li qisqami? Qutqarolmasa! Qulog‘i og‘irmi? Eshitmay qolsa! |
| 2 |
| Axir, o‘z ayblaringiz sizni Xudoyingizdan ayirdi, Gunohlaringiz tufayli U sizdan yuz o‘girdi, Ibodatlaringizga quloq solmaydi. |
| 3 |
| Ana, qo‘llaringiz qonga bulg‘angan, Barmoqlaringiz gunohga botgan, Og‘zingizdan yolg‘on chiqaveradi, Tilingiz haqsizlikni gapiradi. |
| 4 |
| Hech kimsa adolat bo‘lsin, deb aytmaydi, Hech kimsa haqiqat uchun kurashmaydi. Behuda gaplardan umid qilib, yolg‘onlar aytadi, Buzuqlikka homilador bo‘lib, yovuzlik tug‘adi. |
| 5 |
| Sizlar ilonning tuxumini bosasiz, O‘rgimchak uyasini to‘qiysiz, Sizlarning tuxumingizni yeganlar o‘ladi. Agar bitta tuxumini bosib olsalar, Undan zaharli ilon o‘rmalab chiqadi. |
| 6 |
| To‘qigan uyangizdan kiyim chiqmaydi, Siz to‘qiganlar bilan hech kim ustini yopa olmaydi. Sizlarning ishingiz yaramas ishlardir, Sizlarning qo‘llaringiz zo‘ravonlikka to‘la. |
| 7 |
| Fosiqlarning oyog‘i yomonlikka shoshiladi, Ular behuda qon to‘kishga juda usta. Ularning fikri–zikri gunoh bilan band, Qadamidan halokatu vayrona keladi. |
| 8 |
| Ular tinchlik yo‘llarini bilmaydi, Yurgan yo‘lida adolat yo‘q. O‘zlariga egri yo‘llar qildilar, Bu yo‘ldan yurganlar tinchlik bilmaydi. |
| 9 |
| Shu bois adolat bizdan uzoq, Xudo bizni qutqarmaydi. Nur izlaymiz, ammo faqatgina zulmat bor, Yorug‘lik izlaymiz, ammo zulmatda yuramiz. |
| 10 |
| Ko‘rlarday devorni ushlab yuramiz, Ko‘zi ko‘rmaydiganlarday paypaslanamiz. Kuppa–kunduzi tundagiday qoqilamiz, Tiriklar orasida o‘liklardaymiz. |
| 11 |
| Hammamiz ayiq kabi bo‘kiryapmiz, Hammamiz musicha kabi nola qilyapmiz. Adolat kutyapmiz, ammo u yo‘qdir, Najot kutyapmiz, ammo u bizdan uzoqda. |
| 12 |
| Ha, Xudo oldida ko‘p itoatsizlik qildik, Gunohlarimiz bizga qarshi guvohlik berib turibdi. Itoatsizligimiz ko‘z o‘ngimizda, Ayblarimizni o‘zimiz bilamiz. |
| 13 |
| Itoatsizlik qildik, Egamizni aldadik, Xudoyimizdan yuz o‘girdik, Zulm qo‘zg‘adik, xiyonat qildik, Yurakda yolg‘on gaplar to‘qib gapirdik. |
| 14 |
| Adolat chekindi, solihlik uzoqqa ketdi. Axir, haqiqat quvib chiqarildi, Haqqoniylik oramizga kira olmaydi. |
| 15 |
| Hech qayerda haqiqat yo‘q, Yomonlikdan chekingan halokatga yo‘liqdi. Egamiz bularni ko‘rib, Adolat yo‘qligidan ozor chekdi. |
| 16 |
| Mazlumlarga yordam beradigan Hech kimsa yo‘qligini ko‘rdi, Hech kim yo‘qligidan U hayratda qoldi. Shunda Egamiz O‘z qo‘li bilan qutqarishga kirishdi, Xudoning O‘zi ularga najot berdi. |
| 17 |
| U adolatni sovutday kiyib oldi, Najot dubulg‘asini boshiga kiydi, Egamiz qasosni libosday kiyib oldi, Rashkni chopon qilib o‘rab oldi. |
| 18 |
| Har kimga qilganiga yarasha javob beradi, O‘z dushmanlariga g‘azab sochadi, G‘animlaridan qasos oladi, Dengiz ortidagi yurtlarga Qilganlariga yarasha to‘liq qaytaradi. |
| 19 |
| G‘arbda Egamizning nomidan qo‘rqadilar, Sharqda Uning shuhratidan qo‘rquvga tushadilar. Mana, Egamiz daryoday keladi. O‘zining Ruhi da’vat etayotgan Kuchli daryoday keladi. |
| 20 |
| Egamiz shunday aytmoqda: “Qutqaruvchi Quddusga keladi, Yoqub naslining gunohdan qaytganlariga keladi.” |
| 21 |
| Egamiz shunday deydi: “Siz bilan qiladigan ahdim shudir: Sizga bergan Ruhim, og‘zingizga solgan so‘zlarim sizlarni tark etmaydi. Hozirdan boshlab to abad sizlarni, bolalaringizni, nabiralaringizni hech tark etmaydi.” |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/isaiah/059.mp3
66
59