Uning tepasida seraflar shay turardi, har birining oltita qanoti bor edi. Ular ikki qanoti ila yuzlarini to‘sgandi, ikki qanoti ila oyoqlarini to‘sgandi, qolgan ikki qanoti bilan uchayotgan edi.
Men shunday dedim: “Sho‘rim qursin! O‘ldim endi! O‘z ko‘zlarim bilan o‘sha Shohni, Sarvari Olamni ko‘rdim. Axir, men og‘zi nopok bir odamman, og‘zi nopok xalq orasida yashayman!”
O‘sha xalqning aqlini o‘tmas qil, Quloqlarini qilgin garang, Ko‘zlarini esa ko‘r qilgin. Toki ko‘rmay qolsin ko‘zlari, Eshitmay qolsin quloqlari. Anglamay qolsin aqllari, Toki yana Menga qaytib, Shifo topmasin ular.”
So‘radim: “Ey Rabbiy, qachongacha?” U aytdi: “Shaharlar vayron bo‘lib, Kimsasiz qolgunlaricha, Xonadonlarda biron jon qolmay, Yurt tamom vayron bo‘lguncha.
Xalqning o‘ndan biri qolsa ham Yondirib yuboriladi. Ammo qayrag‘och, eman daraxtlar kesilganda To‘nkalari qolgani kabi Undan ham to‘nka qoladi. Uning to‘nkasi Muqaddas urug‘dir.”