Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Egamiz menga shunday dedi: “Bor, o‘zing uchun zig‘ir qiyiqcha sotib ol. Uni belingga bog‘la, ammo suvga tekkizma.” |
| 2 |
| Egamizning amriga binoan men qiyiqcha sotib olib, belimga bog‘lab oldim. |
| 3 |
| Keyin Egamiz menga shu so‘zini ayon qildi: |
| 4 |
| “Sotib olgan belingdagi qiyiqchani qo‘lingga olginu Poro anhorining bo‘yiga tush. Qiyqchani qoyaning yoriq joyiga yashirib qo‘y.” |
| 5 |
| Men Egamiz buyurganidek qildim. Qiyiqchani Poro anhorining bo‘yiga yashirib qo‘ydim. |
| 6 |
| Oradan ancha kun o‘tgandan so‘ng, Egamiz menga shunday dedi: “Qani, Poro anhorining bo‘yiga bor, Mening amrimga binoan u yerda yashirib qo‘ygan qiyiqchani olib kel.” |
| 7 |
| Shunda men borib, qiyiqchani o‘zim yashirib qo‘ygan joydan kovlab oldim. Ammo qiyiqcha chirib ketgan, hech narsaga yaramaydigan bo‘lib qolgan edi. |
| 8 |
| Shunda Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi. |
| 9 |
| Egamiz shunday demoqda: “Men Yahudo xalqining mag‘rurligini va Quddus aholisining takabburligini qiyiqcha kabi chiritaman. |
| 10 |
| Bu fosiq xalq so‘zlarimni eshitishdan bosh tortdi, o‘jar yuragining xohishini bajardi. Begona xudolarga ergashdi, ularga xizmat qilib, sajda etdi. Ular o‘sha chirib ketgan qiyiqcha kabi, hech narsaga yaramaydigan bo‘ladilar. |
| 11 |
| Qiyiqcha odamning beliga yopishib turgani kabi, Men jamiki Isroil va Yahudo xalqlarini O‘zimga yaqin tutar edim: Ular Mening xalqim bo‘lishadi, Menga shon–shuhrat, olqishlar va sharaf keltirishadi, deb shunday qilgan edim. Ammo ular quloq solmadilar.” Egamizning kalomi shudir. |
| 12 |
| Isroil xalqining Xudosi — Egamiz menga shunday dedi: “Yeremiyo, xalqqa ayt: Sharob meshlari sharob bilan to‘ldirilishi kerak. Bordi–yu, ular senga: “Sharob meshlari sharob bilan to‘ldirilishi kerakligini o‘zimiz ham bilamiz”, deb aytishsa, |
| 13 |
| sen ularga shunday deb javob ber: “Egamiz demoqda: Men bu yurtdagi hamma odamlarni mast qilaman. Dovud taxtida o‘tirgan shohdan tortib, ruhoniylar, payg‘ambarlar va Quddusning butun aholisigacha — hammani mast qilaman. |
| 14 |
| Men ularni bir–birlariga, ota–onalarni bolalariga qarshi qilib qo‘yaman. Ularni ayamay yo‘q qilib tashlayman, ularga achinmayman, rahm–shafqat qilmayman.” Egamizning kalomi shudir. |
| 15 |
| Eshitinglar, quloq solinglar, Katta ketmanglar, Zotan, Egamiz gapirmoqda. |
| 16 |
| Xudo ustingizga zulmat yubormasdan oldin, Qorong‘i qirlarda qoqilmasingizdan oldin, Egangiz Xudoni ulug‘lang. Aks holda siz kutayotgan yorug‘likni U zulmatga aylantiradi, Uni tim qorong‘i qiladi. |
| 17 |
| Agar siz gaplarimga quloq solmasangiz, Mag‘rurligingiz uchun qalbim pinhon yig‘laydi. Men achchiq–achchiq ko‘z yosh to‘kaman, Axir, Egamizning qo‘ylari Asirlikka olib ketiladi. |
| 18 |
| Egamiz menga dedi: “Shohga va ona malikaga shunday degin: Taxtdan tushinglar, Axir, chiroyli tojingiz Boshingizdan tushib ketdi. |
| 19 |
| Nagav cho‘lidagi shaharlar berkitilgan, Darvozalarni ochadigan kimsa yo‘q. Yahudo xalqi asirlikka olib ketildi, Ha, butun xalq surgun qilindi.” |
| 20 |
| Ey Quddus, shimoldan kelayotganlarga bir qara! Qani sening chiroyli qo‘ylaring? Qani senga topshirilgan suruving? |
| 21 |
| Sen ittifoqdoshlaringga o‘zing ustozlik qilgan eding, Egamiz o‘shalarni boshingga chiqarganda, nima der ekansan? Shunda sen to‘lg‘oq tutgan ayolday bo‘lib qolasan–ku! Dard azobida qolib ketasan–ku! |
| 22 |
| “Nega bular boshimga tushdi?” dersan. Sen ko‘p gunoh qilding, Etaging ko‘tarildi, xo‘rlanding. |
| 23 |
| Habashistonlik terisining rangini o‘zgartira oladimi?! Qoplon terisidagi xollarini yo‘qota oladimi?! Shu singari sizlar ham yaxshilik qila olmaysizlar, Yomonlik qilishga odatlanib qolgansizlar! |
| 24 |
| Garmsel somonni to‘zg‘itganday, Egamiz ham sizlarni sochib tashlaydi. |
| 25 |
| Bu sizlarning qismatingizdir, Boshingizga yog‘iladigan kulfatingizdir. Sizlar Egamizni unutdingizlar, Soxta xudolarga inondingizlar. |
| 26 |
| Xudo ko‘ylagingiz etagini baland ko‘taradi, Sharmandangizni chiqaradi. |
| 27 |
| U ko‘rdi dalalarda, qirlarda Qilgan jirkanch ishlaringizni, Zino va shahvoniy qiyqiriqlaringizni. Ko‘rdi uyatsizlarcha qilgan fohishabozligingizni. Ey Quddus, holingga voy! Qachongacha bulg‘anib yurasan?! |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/jeremiah/013.mp3
52
13