Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Egamiz menga shunday dedi: “Borib kuloldan bir sopol ko‘za sotib ol. So‘ng yoningga xalq oqsoqollaridan va bosh ruhoniylardan olib, |
| 2 |
| Singan ko‘zalar darvozasi yaqinidagi Xinnum soyligiga tush. Men senga aytadigan so‘zlarni oqsoqollarga sen o‘sha yerda aytasan. |
| 3 |
| Sen ularga shunday deb ayt: “Ey Yahudo shohlari, Quddus aholisi, Egamizning so‘zlarini eshitinglar. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Men bu joyga shunday falokat yog‘diramanki, bu falokatni eshitganlarning boshidan hushi uchadi. |
| 4 |
| Zotan xalqim Meni tark etdi, bu yerni harom qildi. Ular o‘zlari bilmagan, ota–bobolari ham, Yahudo shohlari ham bilmagan begona xudolarga qurbonliklar kuydirdilar. Bu yerni begunoh odamlarning qoniga to‘ldirdilar. |
| 5 |
| Baalga atab sajdagohlar qurdilar. U yerda o‘z o‘g‘il–qizlarini Baalga qurbonlik qilib kuydirdilar. Men ularga buni amr qilmaganman, bunaqasini xayolimga ham keltirmaganman.” |
| 6 |
| Egamiz shunday demoqda: “Qarab turinglar! Shunday kunlar keladiki, odamlar bu joyni Tofat yoki Xinnum soyligi, deb atamaydi, balki bu joy “Qirg‘in vodiysi” deb ataladigan bo‘ladi. |
| 7 |
| Mana shu joyda Men Yahudo va Quddusning rejalarini barbod qilaman. Xalqimni dushmanlarga mag‘lub qilib beraman, ularda qasdi borlarning qo‘liga topshiraman. Jasadlarini qushlarga, yovvoyi hayvonlarga yem qilaman. |
| 8 |
| Men bu shaharni shunday vayron qilamanki, uning oldidan o‘tgan–ketgan har bir kishi shaharning ayanchli ahvolidan dahshatga tushib, qotib qoladi. |
| 9 |
| Dushmanlar shaharni qamal qilib, odamlarni qirib tashlamoqchi bo‘ladilar. Qamal paytida azobda qolgan xalq o‘g‘il–qizlarining va bir–birining etini yeydigan bo‘ladi.” |
| 10 |
| Ey Yeremiyo, o‘zing bilan kelganlarning oldida ko‘zani sindir. |
| 11 |
| Ularga shunday deb ayt: “Sarvari Olam shunday demoqda: Mana bu ko‘za chilparchin bo‘lib, tuzatib bo‘lmaydigan ahvolga tushgani kabi, Men bu xalqni va bu shaharni chilparchin qilaman. O‘liklar Tofatda dafn qilinadi, o‘liklar ko‘pligidan qabrlarga joy yetmay qoladi.” |
| 12 |
| Egamiz shunday demoqda: “Men bu shaharni va uning aholisini shunday ahvolga solamanki, bu shahar Tofatga o‘xshagan bo‘lib qoladi. |
| 13 |
| Quddusdagi xonadonlar va Yahudo shohlarining saroylari Tofat kabi harom bo‘ladi. Chunki u yerlardagi hamma uylarning tomlarida samoviy jismlarga atab qurbonliklar kuydirilgan, begona xudolarga sharob nazrlari keltirilgan.” |
| 14 |
| Yeremiyo Egamizning amri bilan Tofatda bashorat qildi, so‘ng u yerdan qaytib kelgach, Egamizning uyi hovlisida turib xalqqa dedi: |
| 15 |
| “Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Endi Men aytgan so‘zimga binoan bu shahar va uning atrofidagi qishloqlarga falokat keltiraman, chunki sizlar o‘jarlik qilib, so‘zlarimni eshitishni xohlamadingizlar.” |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/jeremiah/019.mp3
52
19