Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Egamiz menga shunday dedi: “ Yahudo shohi saroyiga borib, quyidagi gaplarimni ayt: |
| 2 |
| Ey, Dovud taxtida o‘tirgan Yahudo shohi, eshit. A’yonlaring va mana bu saroyga kirgan odamlaring ham sen bilan birga Egamizning so‘zini eshitsin. |
| 3 |
| Egamiz shunday demoqda: Adolat va to‘g‘rilik bilan ish tuting. Jabrdiydalarni zo‘ravonlarning qo‘lidan qutqaring. Musofirlarga, yetim va bevalarga nohaqlik qilmang, ularni ezmang. Bu yerda begunoh odamning qonini to‘kmang. |
| 4 |
| Bordi–yu, sizlar haqiqatan ham bularga rioya qilsangizlar, Quddus taxtida doim Dovud naslidan bo‘lgan shoh o‘tiradi. Jang aravalariyu otlar mingan shohlar saroy darvozalaridan kirishadi. A’yonlar va xalq ham ular bilan birga kiradi. |
| 5 |
| Bordi–yu, bu amrlarimga rioya qilmasangizlar, Men O‘zimning nomim haqi ont ichib aytamanki, bu saroy vayron bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir. |
| 6 |
| Egamiz Yahudo shohining saroyi haqida shunday demoqda: “Sen Men uchun go‘zal Gilad yurtiga o‘xshaysan, Bamisoli Lubnonning yuksak cho‘qqilarisan. Lekin qasam ichib aytamanki, sen sahroga o‘xshab qolasan, Huvullagan bir shaharga aylanib qolasan. |
| 7 |
| Senga qarshi bosqinchilarni jo‘nataman, Qurollangan odamlarni yuboraman. Ular sara sadrlaringni kesadilar, Yog‘ochlaringni olovga tashlaydilar. |
| 8 |
| Ko‘plab xalqlar bu shahar oldidan o‘tayotib, bir–birlaridan: “Nega Egamiz bunday buyuk shaharni shu ko‘yga solgan ekan–a?” deb so‘raydilar. |
| 9 |
| Ularga shunday javob berishadi: “Shahar aholisi o‘zlarining Egasi Xudo bilan tuzgan ahdini buzdi. Boshqa xudolarga sajda qilib, xizmat qiladigan bo‘ldi.” |
| 10 |
| O‘lgan shohingiz uchun yig‘lamang, U uchun aza tutmang. Undan ko‘ra surgun bo‘lgan shahzodangiz uchun qayg‘uring, U uchun achchiq–achchiq ko‘z yosh to‘king. Axir, u endi qaytib kelmaydi, Ona yurtini boshqa ko‘rmaydi. |
| 11 |
| Shoh Yo‘shiyodan keyin Yahudo taxtiga Yo‘shiyoning o‘g‘li Yohuxoz o‘tirgan edi. Shoh Yohuxoz surgun qilingandan keyin Egamiz u haqda shunday dedi: “U bu yerga hech qachon qaytib kelmaydi. |
| 12 |
| Surgun qilingan yerda olamdan o‘tadi, bu yurtni boshqa ko‘rmaydi.” |
| 13 |
| “Uyini nohaqlik bilan qurganning holiga voy! Yuqori xonalarini adolatsizlik bilan bino qilganning holiga voy! Bunday odam birodarini tekinga ishlatadi, Uning mehnat haqini bermaydi. |
| 14 |
| U shunday deydi: “Mana, o‘zim uchun katta saroy qurdim, Yuqori qavatdagi xonalarni keng qildirdim.” U uyiga katta oynalar qo‘ydirmoqda, Devorlarini sadr yog‘ochi bilan qoplamoqda, Ularni qirmizi rangga bo‘yamoqda. |
| 15 |
| Sen o‘zing uchun ko‘p sadr yog‘ochini yig‘ding, Bu bilan sen yaxshi shoh bo‘lib qolmading! Sening otang ham xohlaganicha yeb–ichgan, Ammo doim haqiqatu adolatni o‘rnatgan. Shu sababdan uning ishi yurishgan. |
| 16 |
| U faqiru bechorani himoya qilgan, Shuning uchun farovon hayot kechirgan. Xudoni bilish degani shu emasmi?!” Egamizning kalomi shudir. |
| 17 |
| “Sen esa faqat nohaq foydani ko‘zlaysan. Begunoh odamning qonini to‘kasan, Zo‘ravonlik va zulm o‘tkazasan.” |
| 18 |
| Shu sababdan Yo‘shiyo o‘g‘li Yahudo shohi Yohayiqim haqida Egamiz shunday demoqda: “Uning uchun hech kim aza tutmaydi, “Voy, jigarim! Voy, jigarim!” deya yig‘lamaydi. “Xo‘jayinim! Olampanohim!” deya hech kim kayg‘urmaydi. |
| 19 |
| Uni o‘lgan eshakning ahvoliga soladilar, Quddus darvozalaridan sudrab chiqib, otib yuboradilar. |
| 20 |
| Ey Quddus, Lubnonga chiqib faryod qilgin, Bashan o‘lkasiga borib, xitob etgin. Aborim tog‘larida turib, ovozing boricha baqirgin, Chunki hamma o‘ynashlaring yo‘q bo‘ldi. |
| 21 |
| Farog‘atda yashaganingda, senga gapirdim, Sen esa “Gapingga quloq solmayman!” deb aytding. Ha, yoshligingdan shu yo‘lni tutgansan, Gapimga sen kirmagansan. |
| 22 |
| Shamol hamma cho‘ponlaringni supurib ketadi, O‘ynashlaring surgun bo‘ladi. Sen esa qabih ishlaring tufayli uyatda qolasan, Sharmandayi sharmisor bo‘lasan. |
| 23 |
| Sen “Lubnon” saroyida yashab yuribsan, Sadr daraxtlari orasida in qurgansan, Ammo tug‘ayotgan ayol kabi dard chekasan, Azobdan ingraysan. |
| 24 |
| Yohayiqim o‘g‘li Yohayixin haqida Egamiz shunday demoqda: “Ey Yahudo shohi Yohayixin, bordi–yu, sen Mening o‘ng qo‘limdagi muhr uzugim bo‘lganingda edi, Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, seni uloqtirib tashlagan bo‘lar edim. |
| 25 |
| Sen kimdan qo‘rqsang, seni o‘shaning qo‘liga beraman, senda qasdi borlarning qo‘liga topshiraman. Seni shoh Navuxadnazarning va Bobilliklarning qo‘liga beraman. |
| 26 |
| Seni va seni tuqqan onangni begona bir yurtga, kindik qoning to‘kilmagan bir yerga uloqtirib yuboraman. Sizlar o‘sha yerda o‘lasizlar. |
| 27 |
| Sizlar bu yurtga qaytib kelishni orzu qilasizlar, ammo qaytib kelmaysizlar.” |
| 28 |
| Yohayixin tashlab yuboriladigan siniq xumday bo‘lib qoladi, Hech kimga kerak bo‘lmaydigan sopol idishga o‘xshab qoladi. U bolalari bilan surgun bo‘ladi! O‘zi bilmagan yurtga uloqtirib tashlanadi! |
| 29 |
| Ey yurt, yurt, yurt! Egamizning so‘zini eshit! |
| 30 |
| Egamiz shunday demoqda: “Bu odamning farzandlarini nasabnomaga kiritmang, Uni hayotda omadi yo‘q, deb qayd qiling. Uning zurriyotidan birortasi muvaffaqiyat qozonmas, Birortasi Dovud taxtiga chiqa olmas. Yahudoda ular hech qachon hukmronlik qilmaydilar.” |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/jeremiah/022.mp3
52
22