Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Ayni o‘sha yili, ya’ni Yahudo shohi Zidqiyo hukmronlik qilayotgan ilk davrida, to‘rtinchi yilining beshinchi oyida Xanoniyo payg‘ambar Egamiz uyidagi ruhoniylar va xalq oldida menga gapirdi. Xanoniyo Givonlik Ozzurning o‘g‘li edi. U menga shunday dedi: |
| 2 |
| “ Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: Bobil shohi solgan bo‘yinturuqni Men sindirib tashladim. |
| 3 |
| Shoh Navuxadnazar uyimdan Bobilga olib ketgan hamma ashyolarni Men ikki yil ichida bu yerga qaytarib olib kelaman. |
| 4 |
| Bundan tashqari, Bobilga surgun bo‘lgan Yahudo shohi Yohayiqim o‘g‘li Yohayixinni va u bilan birga hamma asirlarni qaytarib olib kelaman. Men Bobil bo‘yinturug‘ini sindirib tashlayman.” Egamizning kalomi shudir. |
| 5 |
| Shunda men Egamiz uyida hozir bo‘lgan ruhoniylar va xalq oldida Xanoniyoga |
| 6 |
| shunday dedim: “Omin! Egamiz shunday qilsin. Bashorat qilgan so‘zlaringizni Egamizning O‘zi bajo aylasin. O‘z uyining ashyolariyu asirlarni Bobildan qaytarib, bu yerga olib kelsin. |
| 7 |
| Endi esa men sizga va xalqqa aytmoqchi bo‘lgan mana bu gaplarimni eshiting. |
| 8 |
| Sizdan va mendan oldin o‘tgan payg‘ambarlar ko‘p yurtlaru buyuk shohliklarga qarshi urush, ocharchilik va o‘latni bashorat qilgan edilar. |
| 9 |
| Tinchlikni bashorat qilgan payg‘ambarning bashorati bajo bo‘lganidan keyingina, xalq uni “haqiqatan ham Egamizning elchisi”, deb tan olar edi.” |
| 10 |
| So‘ng Xanoniyo payg‘ambar Yeremiyoning gardanidagi bo‘yinturuqni olib sindirdi–da, |
| 11 |
| to‘planib turgan xaloyiqqa murojaat qilib dedi: “Egamiz aytmoqda, xuddi shunday qilib, Men ikki yil ichida Bobil shohi Navuxadnazarning xalqlarga solgan bo‘yinturug‘ini olib, sindirib tashlayman.” Bu gaplardan keyin Yeremiyo o‘z yo‘liga ketdi. |
| 12 |
| Xanoniyo payg‘ambar Yeremiyo payg‘ambarning gardanidagi bo‘yinturuqni sindirgandan keyin, ko‘p o‘tmay Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini ayon qilib dedi: |
| 13 |
| “Xanoniyoning oldiga borib, shunday deb ayt: Egamiz aytmoqda, sen yog‘och bo‘yinturuqni sindirding, ammo o‘shaning o‘rniga Men temirini yasayman. |
| 14 |
| Zero, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Men bu xalqlarning gardaniga temir bo‘yinturuq solaman. Ularning hammasi Bobil shohi Navuxadnazarga xizmat qilishadi. Ha, ularning hammasi Navuxadnazarga bosh egadi. Men hatto yovvoyi hayvonlarni ham Navuxadnazarning izmiga topshiraman.” |
| 15 |
| Yeremiyo payg‘ambar Xanoniyo payg‘ambarga dedi: “Menga qara, Xanoniyo, Egamiz seni yubormagan. Sen esa bu xalqni yolg‘on gaplaringga ishontirib qo‘yding. |
| 16 |
| Shu qilganing uchun Egamiz shunday demoqda: Men seni yer yuzidan daf qilaman. Sen o‘z bashoratlaring bilan xalqni Egangga qarshi qo‘zg‘atganing uchun shu yiliyoq o‘lasan.” |
| 17 |
| O‘sha yilning yettinchi oyida Xanoniyo olamdan o‘tdi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/jeremiah/028.mp3
52
28