Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining to‘qqizinchi yili, o‘ninchi oyida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qarshi bor qo‘shini bilan kelib, shaharni qamal qildi. |
| 2 |
| Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yili, to‘rtinchi oyining to‘qqizinchi kunida Bobilliklar Quddus devorini yorib, shaharga kirdilar. |
| 3 |
| Shahar qo‘lga olingach, Bobil shohining hamma a’yonlari shaharning O‘rta darvozasidagi mahkamalarda qo‘mondonlik qarorgohini joylashtirdilar. A’yonlarning orasida Nargalsharazar, Samgarnavu, bosh maslahatchi Sarsahim va amaldor Nargalsharazar bor edilar. |
| 4 |
| Yahudo shohi Zidqiyo va uning hamma lashkarlari ularni ko‘rdilaru qochdilar. Ular yarim kechasi shohning bog‘i orqali o‘tib, ikki devor orasidagi darvozadan chiqdilar–da, Iordan vodiysiga qarab ketdilar. |
| 5 |
| Ammo Bobil lashkarlari Zidqiyoning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida ularga yetib olishdi. Ular Zidqiyoni qo‘lga olib, Xomat yurtidagi Rivlo shahriga — Bobil shohi Navuxadnazarning huzuriga olib borishdi. Shoh Navuxadnazar Zidqiyoni hukm qildi, |
| 6 |
| Rivloda Zidqiyoning o‘g‘illarini ko‘zi oldida o‘ldirdi, so‘ng hamma Yahudo a’yonlarini qatl qildi. |
| 7 |
| Zidqiyoning esa ko‘zlarini o‘yib, Bobilga olib ketish uchun kishanladi. |
| 8 |
| Bobilliklar shoh saroyiga va odamlarning uylariga o‘t qo‘yib, Quddus devorlarini yiqitdilar. |
| 9 |
| Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon shaharda qolgan butun xalqni, Bobil shohi tomonga o‘tgan qochoqlarni Bobilga asir qilib olib ketdi. |
| 10 |
| U Yahudo yurtida hech vaqosi bo‘lmagan qashshoq odamlarnigina qoldirdi. O‘sha odamlarga dala va uzumzorlarni berdi. |
| 11 |
| Shoh Navuxadnazar qo‘riqchilar sardori Nabizaradon orqali Yeremiyoga oid quyidagi amrni berdi: |
| 12 |
| “Yeremiyoni qaramog‘ingizga olib, unga yaxshi qaranglar. Aslo zarar yetkazmanglar, sizlardan nima so‘rasa bajaringlar.” |
| 13 |
| Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon, bosh nazoratchi Navushazbon, shoh maslahatchisi Nargalsharazar va Bobil shohining hamma bosh amaldorlari odam yuborib, |
| 14 |
| Yeremiyoni qo‘riqchilar hovlisidan olib kelishini buyurdilar. Uni eson–omon uyiga eltib qo‘yish uchun, Gadaliyoga topshirdilar. Gadaliyo Oxixamning o‘g‘li, Shofoning nevarasi edi. Shunday qilib, Yeremiyo o‘z xalqining orasida qoldi. |
| 15 |
| Yeremiyo soqchilar hovlisida qamoqda o‘tirganda, unga Egamizning so‘zi ayon bo‘lgan edi: |
| 16 |
| “Habashistonlik Obidmalekning oldiga borib, shunday deb ayt: Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam aytmoqda, Men aytgan so‘zlarimni bajo qilaman. Bu shaharga yaxshilik emas, yomonlik keltiraman. Sen o‘zing buning guvohi bo‘lasan.” |
| 17 |
| Egamiz yana shunday demoqda: “Lekin o‘sha kuni Men seni qutqarib qolaman. O‘zing qo‘rqadigan odamlarning qo‘liga seni bermayman. |
| 18 |
| Seni, albatta qutqaraman, jangda halok bo‘lmaysan. Menga umid bog‘laganing uchun, joning omon bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/jeremiah/039.mp3
52
39