Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi: |
| 2 |
| “Nima uchun sizlar Isroil yurtida: “Otalari achchiq uzum yeyishgan edi, bolalarining esa tishi qamashdi”, degan maqolni ishlatasizlar? |
| 3 |
| Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlar endi Isroilda bu maqolni boshqa aytmaydigan bo‘lasizlar. |
| 4 |
| Bilib qo‘ying, har bir odamning joni Menikidir. Ota–onalarning ham, bolalarning ham jonlari Menga tegishlidir. Faqat gunoh qilgan odamgina o‘ladi. |
| 5 |
| Bordi–yu, odam solih bo‘lib, adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, |
| 6 |
| Isroil xalqining butlariga sig‘inmasa, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilmasa, birovning xotini bilan zino qilmasa, hayz ko‘rgan ayolga yaqinlashmasa, |
| 7 |
| birovga jabr qilmasa, garovga olgan narsasini qaytarib bersa, o‘g‘irlik qilmasa, ochga non, yalang‘ochga kiyim bersa, |
| 8 |
| bergan qarzidan foiz talab qilmasa, o‘zini gunohdan tortsa, to‘g‘ri hukm chiqarsa, |
| 9 |
| farmonlarimga rioya qilsa, qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay sadoqat bilan bajarsa, bunday odam haqiqatan ham solih hisoblanib albatta yashaydi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. |
| 10 |
| “Endi shunday solih odamning vahshiy bir o‘g‘li bor, deb faraz qilaylik. Bordi–yu, bu yaramas o‘g‘il qotillik qilsa yoki quyidagi jinoyatlarning birortasini Isroillik birodariga qilsa: |
| 11 |
| otasi qilmagan ishlarga qo‘l urib, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilsa, birovning xotini bilan zino qilsa, |
| 12 |
| kambag‘alu mazlumlarga jabr yetkazsa, o‘g‘irlikka qo‘l ursa, garovga olgan narsani qaytarmasa, butlarga sig‘insa, jirkanch odatlarga taqlid qilsa, |
| 13 |
| bergan qarzidan foiz talab qilsa, u yasharmidi?! Yo‘q! Bunday jirkanch ishlarga qo‘l urgan odam albatta o‘ladi. U o‘z boshini o‘zi yeydi–ku!” |
| 14 |
| Ammo bunday fosiq kishining o‘g‘li, otasi qilgan gunohlarini ko‘ra turib, otasiga taqlid qilmasa, |
| 15 |
| Isroil xalqining butlariga u sig‘inmasa, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilmasa, birovning xotini bilan zino qilmasa, |
| 16 |
| birovga zulm o‘tkazmasa, qarzdorlaridan kafillik talab qilmasa, o‘g‘irlik qilmasa, ochga non, yalang‘ochga kiyim bersa, |
| 17 |
| kambag‘alga jabr yetkazmasa, bergan qarzidan foiz olmasa, qonun–qoidalarimga rioya qilib, farmonlarimni bajarsa, bunday odam o‘z otasining gunohlari uchun o‘lmaydi. U albatta yashaydi. |
| 18 |
| O‘sha odamning otasi esa qilgan qabihliklari uchun o‘zi o‘ladi, chunki u birodariga jabr yetkazib, narsasini o‘g‘irladi, odamlar orasida yaramas ishlar qildi. |
| 19 |
| Sizlar esa: “Yo‘g‘–ye, nahotki bola otasining gunohi uchun jazo tortmasa?” deb aytasizlar. Agar bola adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, qonun–qoidalarimning hammasini bitta qoldirmay bajarsa, u albatta yashaydi. |
| 20 |
| Gunoh qilgan odamgina o‘ladi. Bola otasining gunohi uchun jazolanmaydi, ota ham bolasining gunohi uchun jazolanmaydi. Solih odamlar o‘z solihligiga yarasha mukofot oladilar, fosiqlar o‘z fosiqligi uchun jazo tortadilar. |
| 21 |
| Bordi–yu, fosiq odam qilgan gunohlaridan tavba qilsa, qonun–qoidalarimning hammasini bajarsa, adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, u albatta yashaydi, o‘lmaydi. |
| 22 |
| Men bunday odamning qilgan barcha gunohlaridan kechib yuboraman. U qilgan solih ishlari tufayli yashaydi. |
| 23 |
| “Nahotki Men fosiq odamning o‘limini istasam? Yo‘q! Men uning yomon yo‘ldan qaytishini va yashashini istayman!” deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. |
| 24 |
| Yomon yo‘lga kirib ketgan solih odam–chi? Fosiqlar kabi jirkanch ishlar qilgan bunday odam yashaydimi? Yo‘q! Men uning bironta xayrli ishini esga olmayman. U Menga xiyonat qilgani uchun, gunohga qo‘l urgani uchun o‘ladi. |
| 25 |
| Sizlar esa: “Rabbiy noto‘g‘ri ish tutyapti”, deb aytyapsizlar. Ey Isroil xalqi, gapimni tinglang: “Noto‘g‘ri ish tutgan Menmi yoki sizlarmi?! |
| 26 |
| Bilib qo‘ying, yomon yo‘lga kirib ketgan har bir solih kishi qilgan gunohi uchun o‘ladi. |
| 27 |
| Yomon yo‘ldan qaytgan fosiq esa adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, o‘z hayotini asrab qoladi. |
| 28 |
| Bunday odam tutgan yo‘li noto‘g‘ri ekanligini anglab, qilgan gunohlaridan qaytgani uchun albatta yashaydi, o‘lmaydi. |
| 29 |
| Shunday bo‘lsa–da, Isroil xalqi: “Rabbiy noto‘g‘ri ish tutyapti”, deb aytyapti. Ey Isroil xalqi, qani, Menga ayting–chi, noto‘g‘ri ish tutgan Menmi yoki sizlarmi?!” |
| 30 |
| Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Isroil xalqi, Men har biringizni tutgan yo‘lingizga yarasha hukm qilaman. Tavba qilinglar! Gunohlaringizdan qaytinglar! Aks holda gunohingiz sizga to‘g‘onoq bo‘ladi. |
| 31 |
| Menga qarshi qilgan gunohlaringizdan voz kechinglar. O‘zlaringiz uchun yangi yurak va yangi ruh olinglar! Nima uchun sizlar o‘lishingiz kerak, ey Isroil xalqi?! |
| 32 |
| Men bironta odamning halok bo‘lishini istamayman. Yomon yo‘ldan qayting, yashang!” deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/ezekiel/018.mp3
48
18