Kattasining ismi Oxola, kichkinasining ismi Oxolibo edi. Men ikkovini ham O‘z nikohimga olgan edim, ular Menga o‘g‘il–qizlar tug‘ib berishdi. Oxola Samariyani, Oxolibo Quddusni bildiradi.
Ular Oxolani qip–yalang‘och qildilar, uni o‘ldirdilar. O‘g‘il–qizlarini o‘zlariga qul qilib oldilar. Jazosini tortgan Oxola ayollarning og‘zidan tushmay qoldi.
U borgan sari fohishalikka berilib ketar edi. Bir kuni u devorga tushirilgan Bobilliklarning rasmlarini ko‘rib qoldi. Ular qizil rangga bo‘yalgan edilar.
Bobilliklar uning oldiga kirdilar, ishq to‘shagiga u bilan yotdilar, o‘z hirsi bilan uni bulg‘adilar. Oxolibo bulg‘angandan keyin Bobilliklardan jirkanib ketdi, ulardan yuzini o‘girdi.
U fohishalikka berilib, yalang‘och badanini hammaga ko‘z–ko‘z qilganda, Men undan jirkanib ketdim, opasidan yuz o‘girganimday undan ham yuzimni o‘girdim.
“Ey Oxolibo, sen yoshligingda qilgan behayoliklaringni qaytarmoqchi bo‘lding. O‘sha paytlarda Misrliklar emchaklaringni siypalagan edilar, qizlik ko‘kraklaringni silagan edilar.”
Shuning uchun, ey Oxolibo, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sen o‘sha o‘ynashlaringdan jirkanib, ulardan yuzingni o‘girgansan, ammo Men o‘shalarni senga qarshi qo‘zg‘ataman. Ular har tomondan kelib, senga hamla qiladilar.
Men Bobilliklarni, Paxo‘d, Sho‘va va Qo‘vadan kelgan hamma Xaldeylarni, jamiki Ossuriyaliklarni boshlab kelaman. Ot mingan o‘sha xushbichim yosh aslzodalarni, hokimu lashkarboshilarni, sarkardayu oliy toifali jangchilarni yig‘ib kelaman.
Ular qurollanadilar, senga qarshi jang aravalar, yuk aravalar va talay lashkarni tortib keladilar. Boshiga dubulg‘a kiygan, qo‘liga qalqon va sipar tutgan jangchilar seni qurshovga oladilar. Hukm qilishlari uchun Men seni ularning qo‘liga topshiraman. Ular seni o‘z qonunlariga muvofiq hukm qiladilar.
Men ustingga qahrimni yog‘diraman, lashkarlar seni shafqatsiz jazolaydilar. Ular sening burning va quloqlaringni kesib tashlaydilar, omon qolgan har bir odamni qilichdan o‘tkazadilar. O‘g‘il–qizlaringni asir qilib oladilar, omon qolganlarni yondirib yuboradilar.
Ular nafrat bilan seni jazolaydilar, topgan–tutganingni tortib oladilar. Seni yalang‘och, hech vaqosiz tashlab ketadilar. Fohishaliging ochiladi, sharmanda bo‘lasan. Suyuqoyoqliging, fohishaliging
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Sen ham opangning kosasidan ichasan, U kosa katta va chuqurdir. Seni mazax qilishadi, ustingdan kulishadi, U kosa limmo–lim to‘ladir.
Axir, ular zino qildilar, qonli jinoyatlarga qo‘l urdilar. Butlari bilan zino qilib, Mendan ko‘rgan bolalarini o‘sha butlarga qurbonlik qilib, yedirdilar.
“Ular uzoq yurtlarga choparlar jo‘natib, erkaklarni o‘z huzuriga chorladilar. Ular yetib kelganlarda bu opa–singillar yuvinib–tarandilar, ko‘zlariga surma surdilar, taqinchoqlar bilan bezanib oldilar.
Xonalaridan aysh–ishrat qilayotgan erkaklarning ovozi kelar edi. Sahrodan kelgan bu mayxo‘r qalang‘i–qasang‘ilar opa–singillarning qo‘llariga bilaguzuklar taqdilar, boshlariga chiroyli tojlar kiydirdilar.
Shunda men: “Bu ayollar fohishalik qilaverib, holdan toyganlar. Nahotki kelganlar ularning bu ahvolini ko‘ra turib, ular bilan jinsiy aloqa qilishsa?!” deb o‘yladim ichimda.
Shu yo‘sin Men yurtdagi bu behayolikka chek ko‘yaman. Buni ko‘rgan boshqa ayollar o‘zlari uchun saboq oladilar, bunday behayolik qilmaydigan bo‘ladilar.
O‘sha ikkita opa–singil o‘z behayoligi tufayli jabr tortadilar, gunohkor butparastligining jazosini oladilar. O‘shanda Egasi Men ekanligimni biladilar.”