Isroil qabilalariga yerni bo‘lib berayotganingizda, Egamizga tegishli qismini ham ajratib qo‘yinglar. Egamizga ajratilgan hududning uzunligi 25.000 tirsak, eni 20.000 tirsak bo‘lsin. Butun hudud tabarruk hisoblansin.
[3-4] Tabarruk hududning yarmi ruhoniylarniki bo‘ladi. Uzunligi 25.000 tirsak, eni 10.000 tirsak bo‘lgan hududning bu qismida ruhoniylarning uylari va Ma’bad joylashadi. Bu eng muqaddas joy bo‘ladi.
Tabarruk hududning yoniga uzunligi 25.000 tirsak, eni 5.000 tirsak bo‘lgan joyni qo‘shinglar. Bu yerda shahar joylashadi. Isroil xalqidan bo‘lgan har qanday odam kelib, bu shaharda yashasa bo‘ladi.
Taxtda o‘tirgan hukmdorga alohida yer berilsin. Unga beriladigan yerning bir qismi tabarruk hududning g‘arbiy chegarasidan O‘rta yer dengizigacha cho‘zilsin. Ikkinchi qismi tabarruk hududning sharqiy chegarasidan Iordan daryosigacha cho‘zilsin. Demak, hukmdorga qarashli yerning uzunligi Isroil qabilalariga ajratilgan yerning uzunligi bilan bir xil bo‘ladi.
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Isroil hukmdorlari, zo‘ravonligu zulmingizni bas qiling! Adolatu to‘g‘rilik ila ish tuting. Xalqimni o‘z yeridan mahrum qilmang.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
Sochiluvchan quruq narsalarni o‘lchash uchun tog‘orani ishlating, suyuq narsalarni o‘lchash uchun ko‘zani ishlating. Tog‘ora va ko‘zaning hajmi bir xil bo‘lsin. Tog‘ora ham, ko‘za ham xo‘mrning o‘ndan bir qismini sig‘dirsin.
Suruvdagi ikki yuzta qo‘ydan biri. Bular don nazri, quydiriladigan va tinchlik qurbonliklari sifatida xalqni gunohlaridan poklash uchun keltiriladi, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. —
Hukmdor yangi oy shodiyonasida, Shabbat va boshqa bayramlarda keltiriladigan qurbonliklaru nazrlar uchun hayvonlarni, don va sharobni ta’minlab berishi shart. Isroil xalqini gunohlaridan poklash uchun keltiriladigan gunoh, tinchlik va kuydiriladigan qurbonliklar hamda don nazri uchun hukmdor mas’uldir.”
Ruhoniy bu gunoh qurbonligining qonidan olib, Ma’bad eshiklarining kesakisiga, qurbongohning to‘rt burchagiga va ichki hovli darvozalarining yondorlariga surtsin.
Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kunidan boshlab Fisih ziyofati va yetti kun davomida Xamirturushsiz non bayramini nishonlanglar. O‘sha vaqt davomida xamirturushsiz nonlar yenglar.
U bayramning yetti kuni davomida Egamizga kuydiriladigan qurbonlik uchun har kuni yettitadan buqa va yettitadan nuqsonsiz qo‘chqor yetkazib bersin. Bundan tashqari, har kuni gunoh qurbonligi uchun bittadan taka bersin.
Yettinchi oyning o‘n beshinchi kunida boshlanadigan Chayla bayrami uchun ham, yetti kun davomida keltiriladigan gunoh qurbonliklari, kuydiriladigan qurbonliklar, don va zaytun nazrlarini yetkazib tursin.