Isroil xalqi uchun quyidagi qonunlarni berdi: birontangiz Egamizga qurbonlik qilmoqchi bo‘lsangiz, podangizdagi yoki suruvingizdagi hayvonni olib keling.
Bordi–yu, qoramol podasidan birorta hayvonni qurbonlik qilib, kuydirmoqchi bo‘lsangiz, nuqsonsiz bir buqani tanlab oling. Egamiz bu qurbonligingizni qabul qilishi uchun buqani Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib keling.
Siz esa qurbonlikning ichak–chovoqlari va oyoqlarini yuving. So‘ng ruhoniy bularning hammasini qurbongohda kuydirsin. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.
Siz qurbonlikni bo‘laklarga bo‘ling. Ruhoniy esa bo‘laklarni qurbonlikning kallasi va yog‘lari bilan birga qurbongohdagi yonib turgan o‘tinlar ustiga qo‘ysin.
Siz qurbonlikning ichak–chovoqlari va oyoqlarini yuving. Ruhoniy bularning hammasini keltirib, qurbongohda kuydirsin. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.
Keyin qanotlaridan tortib, tanasini yarmigacha bo‘lsin, lekin ikki qismga ajratmasin. So‘ng uni qurbongohdagi yonib turgan o‘tinlar ustiga qo‘yib kuydirsin. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.