U Egamizga ibodat qilib dedi: “Ey Egam! Shunaqa qilishingni o‘z yurtimda ekanimdayoq aytmaganmidim?! Shuning uchun men Tarshishga qochgan edim–da. Sen inoyatli, rahmdil, jahli tez chiqmaydigan, sodiq sevgisi mo‘l, g‘azabidan tushib kechiradigan Xudo ekanligingni bilgan edim.
Yunus shahardan chiqib, shaharning sharq tomoniga borib o‘tirdi. Shu yerda chayla yasab, endi shaharga nima bo‘larkin, deb chaylaning soyasida kutib o‘tirdi.
Bir payt, Yunusning boshiga soya bo‘lsin, qayg‘usi barham topsin, deb Parvardigor Egamiz bir o‘simlik o‘stirdi. O‘simlik Yunusning tepasida ko‘tarildi. Yunus bu o‘simlik o‘sganidan juda xursand bo‘ldi.
Quyosh yuqoriga ko‘tarilganda, Xudo sharqdan garmsel yubordi. Quyosh Yunusning boshini shunday qizdirdiki, u holdan keta boshladi. Yunus: “Bunaqa yashaganimdan, o‘lganim yaxshiroq”, deb o‘ziga o‘lim tiladi.
Shunda Egamiz aytdi: — Bu o‘simlik uchun sen mehnat qilmagansan, ekib–o‘stirmagansan, o‘zi bir kechada o‘sib, bir kechada yo‘q bo‘ldi. Sen shu o‘simlik uchun achinganingda,
men qudratli Naynavo shahriga achinmasligim kerakmi?! Axir, bu yerda oq–qorani ajrata olmaydigan bolalarning o‘zidan yuz yigirma mingdan ortig‘i va talay hayvonlar yashaydi–ku!