Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Men shunday dedim: “Ey Yoqub yo‘lboshchilari eshiting! Ey Isroil hukmdorlari quloq soling! Adolat o‘rnatish sizning vazifangiz–ku! |
| 2 |
| Sizlar esa yaxshilikdan nafratlanasiz, Qabihlikka mehr qo‘yasiz, Siz xalqimning terisini shilib, Etini suyagidan ajratib olasiz. |
| 3 |
| Siz xalqimning etini yeysiz, Terisini shilib, suyaklarini maydalaysiz, Qozonga solinadigan go‘shtday ularni nimtalaysiz. |
| 4 |
| Vaqti kelib, Egamizga iltijo qilarsiz, O‘shanda Xudodan javob olmaysiz. Sizlar qabihlarcha ish tutdingiz, Shu bois U sizlardan yuz o‘giradi.” |
| 5 |
| Egamiz shunday demoqda: “Ey xalqimni yo‘ldan ozdirgan payg‘ambarlar! Sizlar qorningizni to‘yg‘izganlarga tinchlikni bashorat qilasiz, Og‘zingizni moylamaganlarga esa urushni e’lon qilasiz. |
| 6 |
| Endi ustingizga tun bostirib keladi, Sizlar vahiylarni ko‘rmaysiz. Qaro zulmat sizni o‘rab oladi, Bashorat qilishingizga imkon bo‘lmaydi. Sizlar uchun quyosh botadi, Kunduz ham zulmat bo‘ladi. |
| 7 |
| Sharmanda bo‘lasiz, ey valiylar, Uyatga qolasiz, ey folchilar. Mendan so‘z olmaganingiz uchun, Og‘zingizni yopasiz.” |
| 8 |
| Ammo mening vujudim kuchga to‘lgan, Egamizning Ruhi meni to‘ldirgan. Qudrat va adolatga to‘lganman. Endi men Yoqubning itoatsizligini fosh qilaman, Isroil xalqining gunohini yuziga solaman. |
| 9 |
| Ey Yoqub nasli yo‘lboshchilari, eshiting! Ey Isroil rahnamolari, quloq soling! Sizlar adolatdan hazar qilasiz, Haqiqatni buzib ko‘rsatasiz. |
| 10 |
| Qonlar evaziga barpo qildingiz Quddusni, Zulm evaziga bunyod etdingiz Sionni! |
| 11 |
| Ey Quddus hokimlari, sizlar pora olib hukm qilasiz, Ey Quddus ruhoniylari, sizlar tama qilib ta’lim berasiz, Ey Quddus payg‘ambarlari, sizlar pul uchun bashorat qilasiz. Tag‘in Egamizning nomini ro‘kach qilib, aytasiz: “Egamiz biz bilan, bunga shubha yo‘q! Boshimizga biror ko‘rgilik tushmas.” |
| 12 |
| Sizlar sababli Quddus daladay shudgor qilinadi, Sion xarobazor bo‘ladi, Egamizning uyi turgan tog‘ni Qalin o‘rmonzor qoplaydi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/micah/003.mp3
7
3