Egamizning kalomi shudir: “Men Quddusga qaytaman, Sion Mening maskanim bo‘ladi. Shunda Quddus, sadoqatli shahar, deb ataladi. Mening tog‘im — Sarvari Olamning tog‘i muqaddas tog‘, deb ataladi.”
Sarvari Olamning kalomi shudir: “Balki bularning hammasi xalqimdan qolganlariga imkonsizday tuyular. Ammo bu ishlar Men uchun imkonsiz emas”, demoqda Sarvari Olam.
Ularni yana Quddusda yashash uchun olib kelaman. Ular Mening xalqim bo‘ladi, Men esa ularning Xudosi bo‘laman. Ularning ustidan sadoqat va odillik bilan hukm suraman.”
Sarvari Olam shunday demoqda: “Dovyurak bo‘linglar, endi sizlar payg‘ambarlarning so‘zlarini eshityapsizlar. Ma’bad — Mening uyim qayta qurilishi uchun poydevor qo‘yilayotganda o‘sha payg‘ambarlar shu yerda edilar.
Ha, o‘sha kunlardan ilgari odamlarga ish haqi berilmasdi, hayvonlardan ham hech bir foyda kelmasdi. Dushmanlar xalqqa tinchlik bermasdi. Men hammani bir–biriga qarshi qilib qo‘ygan edim.
— Sizlar tinchlikda urug‘laringizni ekasizlar. Toklaringiz serhosil bo‘ladi. Yer hosil beradi, osmondan shudring tushadi. Sizlarni Men mana shular bilan barakalayman.
Ey Yahudo va Isroil xalqi, sizlar boshqa xalqlar orasida la’natlangan xalqning ramzi edingizlar. Endi bunday bo‘lmaydi! Men sizlarni qutqaraman. Sizlar baraka ramzi va manbayi bo‘lasizlar. Qo‘rqmanglar! Dadil bo‘linglar!”
Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ota–bobolaringiz Mening jahlimni chiqarganda boshlariga ofat keltiraman, degandim. O‘z fikrimdan qaytmadim, — demoqda Sarvari Olam.
Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ey Yahudo xalqi, to‘rtinchi, beshinchi, yettinchi va o‘ninchi oylar endi azayu ro‘za vaqti emas, balki sizlar uchun shodu xurramlik va quvnoq bayram davri bo‘ladi. Sizlar haqiqat va tinchlikni sevinglar.”
Bir shaharning aholisi ikkinchi shaharda yashovchilarning oldiga borib: ‘Biz ketyapmiz, yuringlar, Egamizdan marhamat so‘raylik, Sarvari Olamga sajda qilaylik’, deb aytadi.”
Sarvari Olamning kalomi shudir: “O‘sha kunlarda turli tillarda gapiruvchi xalqlardan kelgan o‘n kishi bir yahudiyni ushlab oladi. Uning kiyimidan mahkam tutadi–da, unga: ‘Biz sen bilan boraylik. Axir, biz Xudo sizlar bilan ekanligini eshitdik’, deb aytishadi.”