“Sen ikkita kumush karnay yasattir, karnaylar zarb urib yasalgan bo‘lsin. Bu karnaylar jamoani yig‘ish hamda yo‘lga chiqish vaqtini e’lon qilish uchun kerak bo‘ladi.
Ikkinchi marta qisqa chalinganda esa, janubdagi qarorgohda turgan qabilalar yo‘lga chiqishsin. Karnayning qisqa sadosi yo‘lga chiqish kerakligini bildiradi.
Yurtingizga bostirib kelgan dushmanga qarshi jangga otlanayotganingizda, xatardan darak berib karnaylarni chalinglar. Shunda Men, Egangiz Xudo, sizlarga yordam berib, sizlarni dushmanlaringiz qo‘lidan xalos qilaman.
Shuningdek, xursandchilik kunlaringizda — belgilangan bayramlaringizda va oy boshida qurbonliklar kuydirganingizda hamda tinchlik qurbonliklarini keltirganingizda karnaylarni chalinglar. Shunda Men, Egangiz Xudo, sizlarga yordam beraman. Zotan, Men Egangiz Xudoman.”
Keyin chodirning muqaddas ashyolarini ko‘targan Qohot urug‘i yo‘lga chiqdi. Ular qarorgoh quriladigan joyga yetib borgunlaricha, Muqaddas chodir o‘rnatib bo‘linishi kerak edi.
Eng oxirida Omishaday o‘g‘li Oxazar boshchiligida Dan qarorgohidagi qabilalar o‘z bayrog‘i ostida guruh–guruh bo‘lib yo‘lga chiqishdi. Ular Isroil qarorgohlarining qorovullar bo‘linmasini tashkil qilishgan edi.
Muso o‘zining qaynag‘asi, Midiyonlik Yatro o‘g‘li Xo‘vovga dedi: — Egamiz, sizlarga beraman, deb va’da qilgan yurtga biz ketyapmiz, siz ham biz bilan yuring. Egamiz bizga ko‘p yaxshiliklarni va’da qilgan, agar biz bilan borsangiz, biz ham sizga yaxshilik qilamiz.
Ular Egamizning muqaddas tog‘ini tark etganlaridan so‘ng, uch kun yo‘l yurishdi. Chodir tikadigan joyni topish uchun Egamizning ahd sandig‘i doimo oldinda borardi.
Sandiq yo‘lga chiqqanda, Muso shunday derdi: “Qo‘zg‘al, ey, Egam, Sening g‘animlaring tumtaraqay bo‘lsin. Seni ko‘rolmaganlar oldingdan qochib ketsin.”