Xalq qiyinchiliklardan ming‘irlab nolib, Egamizni qattiq ranjitdi. Egamiz ularning ming‘irlab nolishini eshitib, g‘oyat g‘azablanganidan qarorgohga alanga tushirdi. Alanga avj olib, qarorgohning chetlarini kuydirib yubordi.
Isroil xalqi orasidagi qalang‘i–qasang‘ilarning nafsiga o‘t tushdi. Isroil xalqi ham ularga qo‘shilishib fig‘on chekib, zorlana boshladi: “Qani, endi go‘sht bo‘lsa!
Xalq mannani yerdan yig‘ishtirib olar, tegirmonda yanchib yoki havonchada tuyib, so‘ng qozonga solib qaynatardi, non ham yopardi. Uning mazasi zaytun moyi qo‘shib yopilgan nonga o‘xshardi.
Hamma odamlar oila a’zolari bilan birga o‘z chodirlariga kiraverishda turib faryod qilishayotgan edi. Buni eshitgan Muso qattiq ranjidi. Egamizning g‘azabi ham alanga oldi.
Shunda Muso Egamizga dedi: — Nimaga qulingning boshiga shuncha azoblarni solding? Nima uchun mendan marhamatingni darig‘ tutding? Nima uchun bu xalqning og‘irligini menga yuklading?
Shu xalqning hammasini men qornimda ko‘tarib yurganmidim?! Ularni men tuqqanmidim?! Nimaga unda Sen menga: “Enaga chaqaloqni ko‘tarib yurganday, sen bu xalqni Men ota–bobolaringga va’da qilgan yurtga qo‘llaringda ko‘tarib bor”, deb aytyapsan?
Agar menga munosabating shu bo‘lsa, hoziroq jonimni olib qo‘ya qol. Bordi–yu, Sendan marhamat topgan bo‘lsam, mening bunchalik xor bo‘lishimga yo‘l qo‘yma.
Shunda Egamiz Musoga dedi: — Menga Isroil oqsoqollaridan yetmishtasini yig‘ib ber. Ular xalqning orasida yo‘lboshchi deb tan olingan obro‘li odamlardan bo‘lishsin. Ularni Uchrashuv chodiriga olib kelib, o‘zingning yoningga turg‘izib qo‘y.
Men tushib kelib, u yerda sen bilan gaplashaman. So‘ng senga bergan Ruhimdan olib, ularga ham beraman. Sen bu xalqning og‘irligini yolg‘iz o‘zing ko‘tarmasliging uchun, ular yoningga kirib, og‘iringni yengil qilishadi.
Xalqqa esa shu gapni ayt: “Ertangi kunga tayyorlanib poklaninglar, go‘sht yeysizlar. Sizlar Egamizning qulog‘i ostida ming‘irlab nolib, qani, endi go‘sht bo‘lsa, biz Misrda davr surgan ekanmiz, deb faryod qildingizlar. Shuning uchun Egamiz sizlarga go‘sht beradi, sizlar go‘sht yeysizlar.
balki bir oy davomida — go‘sht burnilaringizdan chiqquncha, ko‘nglingizga urguncha yeysizlar. Chunki sizlar, Misrdan chiqishimizning nima keragi bor edi, deya ming‘irlab nolib, orangizdagi Egangizni rad etdingiz.”
Shundan keyin Muso tashqariga chiqib, Egamizning so‘zlarini xalqqa yetkazdi. So‘ng yetmishta xalq oqsoqolini yig‘ib, ularni Muqaddas chodir atrofiga joylashtirdi.
Shunda Egamiz bulut ichida tushib kelib, Muso bilan gaplashdi, Musoga bergan O‘z Ruhidan olib, yetmishta oqsoqolga berdi. Ruh oqsoqollarni qamrab oldi va ular zikr tusha boshladilar. Lekin bunday hol boshqa takrorlanmadi.
Yetmishta oqsoqolning ikkitasi Muqaddas chodirga bormay qarorgohda qolgan edi. Birining ismi Eldod, ikkinchisiniki Midod edi. Biroq Egamizning Ruhi ularni ham qamrab oldi, ular ham qarorgohda zikr tusha boshladilar.
Muso esa unga shunday javob berdi: — Sen mening manfaatimni ko‘zlab, shu gaplarni aytyapsanmi? Menga qolsa, Egamning butun xalqi payg‘ambar bo‘lsin, Egamiz O‘z Ruhini ularning hammasiga bersin, deyman!
Egamiz shamol qo‘zg‘atdi. Shamol dengizdan bedanalarni uchirib kelib, ularni qarorgohga va qarorgoh atrofiga uyub tashladi. Bedanalar qarorgohning aylanasi bo‘ylab bir kunlik masofada, ikki tirsak balandlikda uchib yurgan edi.
Xalq o‘sha kuni kunduzi va kechasi, keyingi kuni ham ertadan kechgacha bedana yig‘ishtirdi. Eng oz tergan odamniki oltmish savat chiqdi. Ular bedanalarni quritish uchun butun qarorgoh atrofiga yoyib tashlashdi.