— Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “ Kan’on yurtiga kirib borganingizdan keyin, sizlarga mulk qilib beriladigan bu yurt quyidagicha chegaralanadi:
Yurtingizning janubiy qismi Zin cho‘lidan Edom yurti bo‘ylab cho‘ziladi. Janubiy chegarangiz sharq tomonda O‘lik dengizning janubiy qirg‘og‘idan boshlanib,
Chayonlar dovonidan o‘tadi va janub tomonga, Zin cho‘li tomon cho‘ziladi. Chegarangizning eng janubiy nuqtasi Kadesh–Barna bo‘ladi. U yerdan chegara Xazor–Adargacha borib, Ozmon orqali o‘tadi.
So‘ng chegara Iordan daryosi bo‘ylab janubga cho‘zilib, O‘lik dengizga borib to‘xtaydi. Har tomondan chegaralangan mana shu yerlar sizlarning yurtingiz bo‘ladi.”
Shundan so‘ng Muso Isroil xalqiga buyurdi: — Bu yurtni qur’a tashlab, bo‘lib olinglar. Egamiz bu yurtni to‘qqizta qabilaga va bir qabilaning yarmiga bo‘lib berishni amr etgan.
[14-15] Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi xonadonlari bo‘yicha Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordanning sharq tomonidan o‘zlariga tegishli mulkni olganlar.