Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Iso o‘n ikki shogirdiga ko‘rsatmalarni berib bo‘lgandan keyin, yaqin atrofdagi shaharlarda ta’lim berish va va’z aytish uchun ketdi. |
| 2 |
| Yahyo bu paytda zindonda edi, u Isoning qilayotgan ishlarini eshitib, shogirdlarini Isoning oldiga |
| 3 |
| shunday savol bilan yubordi: “Keladigan Zot Sizmisiz, yoki biz boshqasini kutaylikmi?” |
| 4 |
| Iso Yahyoning shogirdlariga shunday javob berdi: — Boringlar, ko‘rib eshitayotganlaringizni Yahyoga aytinglar: |
| 5 |
| ko‘rlar ko‘rmoqda, cho‘loqlar yurmoqda, teri kasalligiga chalinganlar tuzalmoqda, karlar eshitmoqda, o‘liklar tirilmoqda, yo‘qsillar Xushxabarni eshitmoqda. |
| 6 |
| Mendan yuz o‘girmaganlar naqadar baxtlidir!” |
| 7 |
| Yahyoning shogirdlari ketayotganlarida, Iso olomonga Yahyo haqida gapirdi: “Sahroga nimani ko‘rgani bordingizlar? Shamolda hilpirab turgan qamishnimi? |
| 8 |
| Xo‘sh, nimani ko‘rgani bordingizlar? Bashang kiyingan odamnimi? Bashang kiyinganlar shoh saroyida bo‘ladi–ku! |
| 9 |
| Unday bo‘lsa, nimani ko‘rgani bordingizlar? Payg‘ambarnimi? Ha, sizlarga shuni aytay: sizlar payg‘ambardan ham ulug‘ini ko‘rdingizlar! |
| 10 |
| U haqda shunday yozilgan: “Mana, Sendan oldin Men O‘z elchimni yuboryapman, U Sen uchun yo‘lni hozirlaydi.” |
| 11 |
| Sizlarga chinini aytay: butun inson zoti orasida Yahyo cho‘mdiruvchidan ulug‘i yo‘q. Ammo Osmon Shohligida eng kichik hisoblangan odam ham undan ulug‘roqdir. |
| 12 |
| Yahyo cho‘mdiruvchi davridan shu kungacha odamlar Osmon Shohligiga shafqatsiz hujum qilmoqdalar. Zo‘ravonlar Osmon Shohligini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqdalar. |
| 13 |
| Yahyo cho‘mdiruvchidan oldin bo‘lgan hamma payg‘ambarlarning bitiklarida va Tavrot kitobida Osmon Shohligi haqida bashorat qilingan. |
| 14 |
| Agar bu bashoratlarga ishonishni istasangizlar, Yahyo — kelishi bashorat qilingan Ilyosdir. |
| 15 |
| Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin! |
| 16 |
| Bu naslni kimga qiyoslasam bo‘ladi? Ular bolalarga o‘xshaydilar, maydonda o‘tirib olib, shunday deya bir–birlariga baqiradilar: |
| 17 |
| “Sizlar uchun nay chaldik, ammo raqsga tushmadingiz, Biz oh–voh qildik, ammo sizlar qayg‘urmadingiz.” |
| 18 |
| Yahyo kelganda, u na yedi, na ichdi, shuning uchun hamma: “Uni jin uribdi”, deydilar. |
| 19 |
| Inson O‘g‘li kelganda esa ham yedi, ham ichdi. Ammo Uni: “Yebto‘ymas, sharobxo‘r, soliqchilar va gunohkorlarning do‘sti”, deydilar. Biroq donolik to‘g‘ri ekanligi o‘z natijasidan ayon.” |
| 20 |
| Iso ba’zi shaharlarda ko‘p mo‘jizalar ko‘rsatgandi, ammo xalq o‘z gunohlari uchun tavba qilmadi. Iso o‘sha shaharlar aholilariga ta’na qildi: |
| 21 |
| “Sening holingga voy, ey Horazin! Sening holingga voy, ey Baytsayda! Agar sizlarda qilingan mo‘jizalar Tir bilan Sidon shaharlarida qilinganda edi, ular allaqachon qanorga o‘ranib, boshlariga kul sochib, tavba qilgan bo‘lardilar. |
| 22 |
| Biroq sizlarga aytayin: qiyomat kunida sizning holingiz Tir va Sidonning holidan battar bo‘ladi. |
| 23 |
| Ey Kafarnahum! Xudo seni ko‘klarga ko‘taradi deb o‘ylaysanmi?! Yo‘q, U seni tubsiz chuqurlikka uloqtiradi! Agar senda yuz bergan mo‘jizalar Sado‘mda bo‘lganda edi, u shahar shu kungacha saqlanib qolgan bo‘lar edi. |
| 24 |
| Biroq senga aytayin: qiyomat kunida sening holing Sado‘m shahrining holidan battar bo‘ladi.” |
| 25 |
| O‘sha vaqtda Iso yana shunday dedi: “Ey Ota, yeru osmonning Egasi! Sen bu ishlarni donolaru idroklilardan yashirib, go‘daklarga ma’lum etganing uchun Senga shukrlar aytaman. |
| 26 |
| Ha Ota, bu Sening ezgu xohishing edi. |
| 27 |
| Otam hamma narsani Mening ixtiyorimga topshirgan. O‘g‘ilni Otadan boshqa hech kim bilmaydi. Otani ham O‘g‘ildan boshqa va O‘g‘il ayon qilishni istagan odamdan boshqa hech kim bilmaydi. |
| 28 |
| Ey holdan toyganlar, og‘ir yuk ostida qolganlar, hammalaringiz Mening oldimga kelinglar! Men sizlarga orom beraman. |
| 29 |
| Mening bo‘yinturug‘imni taqib olinglar, Mendan o‘rganinglar. Chunki Men yumshoq ko‘ngil va kamtarinman. Shunda sizlarning jonlaringiz orom topadi. |
| 30 |
| Axir, Mening bo‘yinturug‘im qulay, yukim yengildir.” |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/matthew/011.mp3
28
11