Farziy va sadduqiy mazhabidagilar Isoning oldiga kelib, Uni sinab ko‘rish maqsadida: — Bizga bir mo‘jizali alomat ko‘rsating. Shunda Sizni Xudo yuborganini tan olamiz, — dedilar.
Ertalab esa, osmon qizil, havoning avzoyi buzuq, bugun bo‘ron bo‘ladi, deysizlar. Sizlar osmonning avzoyiga qarab, ob–xavoni aniqlay olasizlar–ku! Nega zamon alomatlarini talqin qila olmaysizlar?!
Hali ham tushunmadingizlarmi? Besh mingta odamga beshta nonni bo‘lib berganim esingizdami? O‘shanda qolgan–qutgan nonlar bilan qancha savatni to‘ldirib olgan edingizlar?
Men sizlarga non haqida gapirmaganimni hali ham anglamadingizlarmi? Men silarga: “Farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan ehtiyot bo‘linglar!” — deb aytyapman.
Shundan keyin shogirdlar tushundilarki, Iso ularni nonga ishlatiladigan xamirturushdan saqlanish to‘g‘risida emas, balki farziylar bilan sadduqiylarning ta’limotidan ehtiyot bo‘lish to‘g‘risida ogohlantirayotgan ekan.
Shogirdlar Unga shunday javob berdilar: — Ba’zilar Yahyo cho‘mdiruvchi, ba’zilar Ilyos, ba’zilar Yeremiyo, boshqalar esa, qadimgi payg‘ambarlardan biri, deb aytib yuribdilar.
Butrus, senga shuni aytay: sening isming qoya–ku! Mana shu qoya ustiga Men O‘zimning jamoatimni quraman. Hatto o‘lim shohligi ham jamoatimga bas kela olmaydi.
Osmon Shohligi kalitlarini Men senga beraman. Yer yuzida sen nimani taqiqlasang, osmonda ham taqiqlanadi. Yer yuzida sen nimaga ijozat bersang, osmonda ham ijozat beriladi.
Shu vaqtdan boshlab, Iso shogirdlariga quyidagilarni ochiqchasiga tushuntira boshladi: “Men Quddusga borib, oqsoqollar, bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari qo‘lida ko‘p azob chekaman. Meni o‘ldirishadi, lekin uchinchi kuni Men tirilaman.”