“Menga ishongan shu kichiklarning birontasini yo‘ldan ozdirgan odamning holiga voy. Bunday qilgandan ko‘ra, o‘sha odamning bo‘yniga tegirmon toshini osib, dengiz tubiga cho‘ktirilgani o‘zi uchun yaxshiroq bo‘lar edi.
Odamlarni yo‘ldan ozdiradigan vasvasalar dastidan bu dunyoning holiga voy! Vasvasalar albatta keladi, lekin vasvasaga sababchi bo‘lgan odamning holiga voy!
Agar yo‘ldan ozishingga qo‘ling yoki oyog‘ing sababchi bo‘lsa, uni chopib tashlab, uloqtirib yubor. Ikki qo‘l yoki ikki oyoq bilan abadiy olovga tashlangandan ko‘ra, mayib yoki cho‘loq bo‘lib abadiy hayotdan bahramand bo‘lganing yaxshiroqdir.
Agar yo‘ldan ozishingga ko‘zing sababchi bo‘lsa, uni o‘yib olib, uloqtirib yubor. Ikki ko‘zing bilan do‘zax oloviga tushgandan ko‘ra, bir ko‘z bilan abadiy hayotdan bahramand bo‘lganing yaxshiroqdir.”
[10-11] “Ehtiyot bo‘linglar, bu kichiklardan birontasini ham xor qilmanglar. Sizlarga shuni aytay: osmonda ularning farishtalari doimo osmondagi Otamning jamolini ko‘rib turadi.
Nima deb o‘ylaysiz: agar bir odamning yuzta qo‘yi bo‘lsayu, ulardan biri adashib qolsa, u to‘qson to‘qqizini tog‘larda qoldirib, adashib qolganini izlab ketmaydimi?!
“Agar birodaringiz sizga qarshi gunoh qilsa, uning oldiga boring. U bilan yakka holda gaplashib aybini yuziga ayting. Agar u sizga quloq solsa, siz orangizdagi birodarlik rishtalarini tiklagan bo‘lasiz.
Agar sizga quloq solmasa, o‘zingiz bilan yana bir yoki ikki kishini olib boring, chunki “har bir masala ikkita yoki uchta guvohning so‘zlari asosida ko‘rib chiqiladi.”
Agar birodaringiz ularga ham quloq solmasa, imonlilar jamoatiga ayting. Agar imonlilar jamoatiga ham quloq solmasa, uni butparast yoki soliqchi deb hisoblab, u bilan aloqani uzing.
Sizlarga chinini aytayin: yer yuzida sizlar nimani taqiqlasangizlar, osmonda ham taqiqlanadi. Yer yuzida sizlar nimaga ijozat bersangizlar, osmonda ham ijozat beriladi.
Lekin qarz to‘lashga qurbi yetmagani uchun, shoh unga: — O‘zingni, xotiningni, bolalaringni va butun mol–mulkingni sotib, qarzingni to‘laysan, — deb buyuribdi.
U xizmatkor esa tashqariga chiqib, o‘zidan yuz kumush tanga qarzdor bo‘lgan bir sherigini uchratib qolibdi. Uni yoqasidan olib: — Qarzingni to‘la! — deb bo‘g‘a boshlabdi.