Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Iblisning sinovidan o‘tishi uchun Muqaddas Ruh Isoni sahroga boshlab ketdi. |
| 2 |
| Iso qirq kun va qirq kecha ro‘za tutdi, oxiri och qoldi. |
| 3 |
| Shunda iblis kelib, Isoni vasvasaga solmoqchi bo‘lib dedi: — Agar Sen Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, bu toshlarga buyur, nonga aylansin! |
| 4 |
| Iso unga javoban dedi: — Yozilganki: “Inson faqat non bilan emas, balki Xudoning og‘zidan chiqqan har bir so‘z bilan yashaydi.” |
| 5 |
| Keyin iblis Isoni muqaddas shahar Quddusga olib bordi. Uni Ma’badning eng yuqori joyiga chiqarib, |
| 6 |
| shunday dedi: — Agar Sen Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, O‘zingni pastga tashla. Axir, yozilgan–ku: “U sen to‘g‘ringda farishtalariga amr beradi, Oyog‘ing toshga qoqilib ketmasin, deya Farishtalar qo‘llarida seni ko‘tarib boradi.” |
| 7 |
| Iblisga Iso dedi: — “Egang Xudoni sinama”, deb ham yozilgan. |
| 8 |
| So‘ng iblis Isoni baland bir toqqa olib chiqdi. Unga olamning barcha shohliklarini hamda ularning hashamatini ko‘rsatib, |
| 9 |
| dedi: — Agar tiz cho‘kib menga sajda qilsang, bularning hammasini Senga beraman. |
| 10 |
| Shunda Iso dedi: — Yo‘qol ko‘zimdan, shayton! Axir: “Egang Xudoga sajda qil, faqat Unga xizmat qil” deb yozilgan–ku! |
| 11 |
| Shundan keyin Isoni iblis tark etdi. Farishtalar kelib, Isoga xizmat qildilar. |
| 12 |
| Iso Yahyoning hibsga olinganini eshitgach, Jalilaga qaytib bordi. |
| 13 |
| U Nosira shahrida qolmay, Kafarnahumga borib o‘rnashdi. Kafarnahum shahri Zabulun va Naftali hududidagi Jalila ko‘li bo‘yida joylashgan edi. |
| 14 |
| Shunday qilib, Ishayo payg‘ambarning aytgan quyidagi so‘zlari bajo bo‘ldi: |
| 15 |
| “Ey Zabulun va Naftali yurti! Iordanning narigi tomonida joylashgan, Dengiz yo‘lidagi g‘ayriyahudiylar Jalilasi! |
| 16 |
| Zulmatda yurgan xalq yorqin ziyoni ko‘rdi, O‘lim soya solgan yurt aholisi ustiga nur sochildi.” |
| 17 |
| Shu kundan boshlab Iso: “ Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi”, — deb va’z qiladigan bo‘ldi. |
| 18 |
| Iso Jalila ko‘li bo‘ylab ketayotgan edi, ikki aka–ukani ko‘rib qoldi. Birining ismi Butrus deb ataluvchi Shimo‘n, ukasiniki Idris edi. Ular baliqchi bo‘lib, ko‘lga to‘r tashlayotgan edilar. |
| 19 |
| Iso ularga dedi: “Ortimdan yuringlar, Men sizlarga odamlarni ovlashni o‘rgataman.” |
| 20 |
| Shu zahotiyoq ikkala aka–uka to‘rlarini qoldirib, Isoga ergashdilar. |
| 21 |
| Iso bir oz yurgandan keyin, Yoqub va Yuhanno degan ikki aka–ukani ko‘rib qoldi. Ular otasi Zabadiy bilan qayiqda to‘r yamayotgan edilar. Iso ularni ham chaqirdi. |
| 22 |
| Ular ham darhol qayiqni va otasini qoldirib, Isoning orqasidan ergashdilar. |
| 23 |
| Iso butun Jalila viloyatini kezib yurardi. U sinagogalarda ta’lim berib, Osmon Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qilardi, odamlarning har xil xastaliklari va dardlariga shifo berar edi. |
| 24 |
| Iso haqidagi xabar butun Suriyaga yoyildi. Turli–tuman dardu illatlardan qiynalib yurganlarni, jinga chalinganlarni, tutqanoq va shol kasaliga yo‘liqqanlarning hammasini Isoning oldiga keltirishardi. Iso ularning hammasiga shifo berardi. |
| 25 |
| Jaliladan, Dekapolisdan, Quddusdan, Yahudiyadan va Iordanning narigi tomonidagi yerlardan ko‘plab odamlar Isoga ergashib kelardi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/matthew/004.mp3
28
4