Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Iso tog‘dan tushganda katta bir olomon Uning orqasidan ergashdi. |
| 2 |
| Shu orada teri kasalligiga chalingan bir odam Isoning oldiga keldi. U tiz cho‘kib, dedi: — Hazrat, bilaman, istasangiz, meni bu kasallikdan Siz poklay olasiz. |
| 3 |
| Iso qo‘lini uzatib, unga tekkizdi–da: — Istayman, pok bo‘l! — dedi. Teri kasalligiga chalingan odam shu zahoti dardidan forig‘ bo‘ldi. |
| 4 |
| Iso unga dedi: — Menga qara! Bu to‘g‘rida birovga og‘iz ocha ko‘rma. Borib, o‘zingni ruhoniyga ko‘rsat. Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir. |
| 5 |
| Iso Kafarnahum shahriga kirib kelganda, bir Rim yuzboshisi Uning oldiga kelib, yolvordi: |
| 6 |
| — Hazrat, xizmatkorim uyda to‘shakka mixlanib yotibdi. U qattiq azob chekyapti. |
| 7 |
| — Mayli, Men borib, xizmatkoringizni sog‘aytiraman, — dedi Iso. |
| 8 |
| Yuzboshi shunday dedi: — Hazrat! Kulbamga oyoq bosishingiz uchun nomunosibman. Siz buyursangiz, bas, xizmatkorim sog‘ayib ketadi. |
| 9 |
| Men o‘zim buyruqqa tobe odamman, ammo mening ham qo‘lim ostida askarlarim bor. Biriga “ket” desam, ketadi, boshqasiga “kel” desam, keladi. Biron xizmatkorimga “shuni qil” desam, qiladi. |
| 10 |
| Iso yuzboshining bu gapini eshitib, hayratlandi. U orqasidan ergashib kelayotganlarga dedi: — Sizlarga chinini aytayin: Men Isroilda bunday kuchli imonga ega bo‘lgan bironta odamni uchratmadim. |
| 11 |
| Sizlarga shuni aytaman: ko‘p odamlar sharqu g‘arbdan kelib, Ibrohim, Is’hoq va Yoqub bilan birga Osmon Shohligida ziyofatga o‘tiradilar. |
| 12 |
| Osmon Shohligining merosxo‘rlari esa tashqaridagi zulmatga quvib chiqariladi. Ular u yerda qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadilar. |
| 13 |
| Keyin Iso yuzboshiga dedi: — Boring, siz ishonganingizday bo‘lsin. Yuzboshining xizmatkori o‘sha zahoti sog‘ayib ketdi. |
| 14 |
| Iso Butrusning uyiga kelganda, uning qaynanasi isitmalab, to‘shakda yotganini ko‘rdi. |
| 15 |
| Iso uning qo‘liga tegishi bilan isitmasi tushdi. Ayol turib, Unga xizmat qildi. |
| 16 |
| Kech kirganda Isoning oldiga jin chalgan ko‘plab odamlarni olib kelishdi. U so‘z bilan jinlarni quvib chiqardi, xasta odamlarning hammasiga shifo berdi. |
| 17 |
| Shu tariqa Ishayo payg‘ambarning quyidagi aytgan so‘zi bajo bo‘ldi: “Dardlarimizni u o‘ziga oldi, Og‘riqlarimizdan bizni forig‘ qildi.” |
| 18 |
| Iso atrofida bir talay olomonni ko‘rib, shogirdlariga ko‘lning narigi tomoniga o‘tishni buyurdi. |
| 19 |
| Shu payt Tavrot tafsirchisi Isoning oldiga kelib dedi: — Ustoz, qayerga borsangiz ham, men ortingizdan boraman. |
| 20 |
| Iso unga shunday dedi: — Tulkilarning uyalari bor, qushlarning inlari bor. Inson O‘g‘lining esa bosh qo‘yadigan joyi yo‘q. |
| 21 |
| Shogird bo‘lgan boshqa bir odam esa Isoga: — Hazrat, ijozat bering, avval borib otamni dafn qilib kelay, — dedi. |
| 22 |
| Iso esa Unga dedi: — Sen ortimdan yur. Marhumlarni ruhan o‘lik bo‘lganlar dafn qilsinlar. |
| 23 |
| Iso qayiqqa tushdi, shogirdlari ham Unga ergashib, qayiqqa tushdilar. |
| 24 |
| Shu orada ko‘lda bo‘ron ko‘tarildi, to‘lqinlar qayiqni suvga to‘ldira boshladi. Iso esa uxlayotgan edi. |
| 25 |
| Shunda shogirdlari Isoning oldiga borib: — Hazrat, bizni qutqaring! Halok bo‘lyapmiz! — deb Isoni uyg‘otdilar. |
| 26 |
| Iso ularga dedi: — Nega qo‘rqyapsizlar, ey imoni sustlar? So‘ng turib, shamolga va to‘lqinlarga do‘q urdi. Shu ondayoq chuqur sukunat cho‘kdi. |
| 27 |
| Qayiqdagilar hayratlanib, bir–biriga: — Bu kim bo‘ldi ekan–a? Hatto shamol va to‘lqinlar Unga bo‘ysunadi–ya! — deyishdi. |
| 28 |
| Iso ko‘lning narigi qirg‘og‘iga, Gadara shahrining yaqiniga yetib bordi. Shunda jinga chalingan ikki odam qabrlar orasidan yugurib chiqib, Isoni qarshilashdi. Ular shunchalik vahshiy edilarki, bironta odam u yerdan o‘ta olmasdi. |
| 29 |
| Ular shunday deb baqirishdi: — Ey Xudoning O‘g‘li! Bizni tinch qo‘y! Sen bizga vaqtidan oldin azob bergani bu yerga keldingmi? |
| 30 |
| Ulardan nariroqda katta bir cho‘chqa podasi oziqlanayotgan edi. |
| 31 |
| Jinlar Isoga yolvorib: — Agar bizlarni quvib chiqaradigan bo‘lsang, unda cho‘chqa podasiga yuborgin, — deyishdi. |
| 32 |
| Iso ularga: — Boringlar! — deyishi bilanoq, jinlar odamlar ichidan chiqib, cho‘chqalarning ichiga kirib olishdi. Shu onda butun cho‘chqa podasi tik qiyalikdan ko‘lga yopirilib, suvda nobud bo‘ldi. |
| 33 |
| Cho‘chqa boquvchilar esa qochib shaharga bordilar. Jinga chalinganlar bilan bo‘lib o‘tgan hodisani hammaga gapirib berdilar. |
| 34 |
| Shunda butun shahar aholisi Isoning oldiga bordi. Uni ko‘rgach, yurtimizdan chiqib ket, deb o‘tinib so‘radilar. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/matthew/008.mp3
28
8