Qaysar Tiberius hukmronligining o‘n beshinchi yili edi. Yahudiyada Po‘ntiy Pilat Rimlik hokim edi. Jalilada Hirod, Itureya bilan Traxonit viloyatlarida Hirodning ukasi Filip, Avilina viloyatida Lisaniy hukmronlik qilar,
U Iordan daryosi atrofidagi yerlarni kezib, odamlarga: “Gunohlaringizdan tavba qilib, suvga cho‘minglar, shunda Xudo gunohlaringizni kechiradi”, deb va’z qilardi.
Shu tariqa Ishayo payg‘ambar o‘z kitobida yozgan quyidagicha bashorati amalga oshdi: “Sahroda bir ovoz yangramoqda: Egamizga yo‘l hozirlang, Unga to‘g‘ri yo‘l oching!”
Katta bir olomon suvga cho‘mdirilish uchun Yahyoning oldiga keldi. Yahyo ularga dedi: — Hoy, ilonlar zoti! Boshingizga kelayotgan Xudo g‘azabidan qochib qutulasiz, deb sizlarga kim aytdi?
Bundan keyin tavbaga yarasha samara beringlar! O‘zingizcha: “Biz Ibrohim naslidanmiz”, deb aytishni xayolingizga ham keltirmanglar! Sizlarga shuni aytay: Xudo mana bu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir.
U javob berib, dedi: — Kimning ikkita ko‘ylagi bo‘lsa, birini ko‘ylagi bo‘lmagan odamga bersin. Kimning oziq–ovqati bo‘lsa, u ham ovqati yo‘qlar bilan bo‘lishsin.
Ba’zi bir askarlar ham undan: — Biz–chi?! Biz nima qilishimiz kerak? — deb so‘radilar. Yahyo ularga dedi: — Birovlarni nohaq ayblab, pul orttirmanglar, maoshingiz bilan qanoatlaninglar.
Yahyo ularning hammasiga shunday dedi: — Men sizlarni suvga cho‘mdiryapman. Lekin ortimdan mendan ham qudratliroq bo‘lgan bir Zot kelmoqda. Men Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman. U sizlarni Muqaddas Ruhga va olovga cho‘mdiradi.
Viloyat hukmdori Hirodning qilmishlarini esa fosh qildi. Chunki Hirod o‘z ukasining xotini Hirodiyaga uylangan va yana boshqa yomon ishlar ham qilgandi.
va Muqaddas Ruh kaptar shaklida Uning ustiga tushib keldi. Osmondan esa: “Sen Mening sevikli O‘g‘limsan, Sendan nihoyatda mamnunman”, — degan ovoz keldi.