U Isoga dedi: — Seni ana shu shohliklar ustidan hukmron qilaman, ularning shon–shuhratini Senga beraman. Bularning hammasi menga berilgan, men esa istaganimga beraman.
Keyin iblis Isoni Quddusga olib bordi. Uni Ma’badning eng yuqori joyiga chiqarib, shunday dedi: — Agar Sen Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, O‘zingni bu yerdan pastga tashla.
So‘ng Iso O‘zi ulg‘ayib o‘sgan shahri Nosiraga bordi. O‘z odati bo‘yicha Shabbat kunida sinagogaga kirib, Muqaddas Bitiklarni o‘qish uchun o‘rnidan turdi.
“Egamizning Ruhi meni qamradi. Yo‘qsillarga Xushxabar yetkazmoq uchun, Egam meni tanladi. Zindondagilarga qutulasiz, deb aytmoq uchun, Ko‘rlarga, ko‘zingiz ochiladi, deb xabar bermoq uchun, Asirlarni ozod qilmoq uchun,
Iso ularga dedi: — Bilib turibman, sizlar: “Ey tabib, o‘zingni o‘zing davolab ko‘r–chi!” degan iborani yuzimga solmoqchisizlar. “Kafarnahumda qilgan mo‘jizalar haqida xabar topdik. O‘shalarni O‘z shahringda ham qil”, deb aytmoqchisizlar.
Sizlarga yana bir haqiqatni aytaman: Ilyos payg‘ambar davrida Isroilda ko‘p bevalar bor edi. Osmondan uch yilu olti oy davomida bir tomchi ham yomg‘ir yog‘madi, butun yurtda dahshatli ocharchilik bo‘ldi.
Xuddi shu singari Elisha payg‘ambar davrida ham Isroilda teri kasalligiga chalingan ko‘p odamlar bor edi. Ammo birontasi ham shifo topmadi, faqat Suriyalik No‘mon shifo topdi, xolos.
O‘rinlaridan sakrab turib, Isoni shahardan tashqariga haydab chiqarishdi. Nosira shahri tepalik ustida joylashgan edi. Odamlar Isoni o‘sha tepalikning chetiga olib borib, jarlikka tashlamoqchi bo‘lishdi.
Biroq Iso jinga do‘q urib: — Jim bo‘l! Undan chiqib ket! — dedi. Shunda jin hammaning ko‘zi oldida haligi odamni yerga ag‘natib, uning ichidan chiqib ketdi. Odam hech qanday zarar ko‘rmadi.
Hamma hayratda qoldi. — Nima bo‘lyapti o‘zi?! U qudratu hokimiyat bilan buyruq berganda yovuz ruhlar chiqib ketyapti! — deb bir–birlariga gapirardilar.
Iso sinagogadan chiqib, Shimo‘nning uyiga kirdi. Shimo‘nning qaynanasi qattiq isitmalab yotgan ekan. Isodan, kasalni ko‘rib qo‘ying, deb iltimos qilishdi.
Iso ayolning yoniga kelib, isitmaga: “Ayolni tark et!” — deb buyruq berdi. Isitma ayolni tark etdi. Ayol o‘sha zahoti o‘rnidan turib, ularga xizmat qila boshladi.
Quyosh botayotgan paytda, odamlar turli xastalikdan azob chekayotgan qarindosh–urug‘larini Isoning oldiga olib keldilar. Iso hamma xastalarga qo‘lini qo‘yib, shifo berdi.
Jinlar esa: “Sen Xudoning O‘g‘lisan!” — deb baqirganlaricha, ko‘plab odamlarni tark etardilar. Iso jinlarga do‘q urib, ularning gapirishlariga ijozat bermasdi, chunki jinlar Isoning Masih ekanini bilishardi.
Tong otgach, Iso shaharni tark etib, kimsasiz bir joyga ketdi. Bir to‘da olomon Uni izlab ortidan bordi. Ular Isoni topganlaridan so‘ng: “Yonimizdan ketmang”, deb Uni olib qolishga harakat qildilar.
Iso esa odamlarga shunday dedi: — Men Xudo Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabarni boshqa shaharlarda ham e’lon qilishim kerak, Men shu maqsadda yuborilganman.