Shu orada Tavrot tafsirchilari bilan farziylar bir ayolni olib kelishdi. Ular bu ayolni zino qilayotganda ushlab olishgan edi. Ayolni hammaning oldiga turg‘izib,
Ular bu savolni qayta–qayta so‘rayverganlari uchun, Iso o‘rnidan turib dedi: — Sizning orangizda kim begunoh bo‘lsa, o‘sha birinchi bo‘lib ayolga tosh otsin.
Iso shunday javob berdi: — Men O‘zimga O‘zim guvohlik bersam ham, guvohligim haqqoniydir. Chunki Men qayerdan kelib, qayerga ketayotganimni bilaman. Sizlar esa Mening qayerdan kelib, qayerga ketayotganimni bilmaysizlar.
Shunda ular Isodan: — Otangiz qayerda? — deb so‘radilar. U bunga javoban dedi: — Sizlar Meni ham, Otamni ham tanimaysizlar. Agar Meni taniganingizda edi, Otamni ham tanigan bo‘lar edingizlar.
Iso so‘zida davom etdi: — Inson O‘g‘lini yuqoriga ko‘targaningizda, O‘sha Men ekanligimni bilib olasizlar. O‘shanda Men O‘zimcha hech narsa qilmaganimni, faqat Otam o‘rgatgan narsalarni aytganimni tushunib olasizlar.
Ular Isoga shunday javob berdilar: — Bizning otamiz Ibrohimdir. Iso shunday dedi: — Agar Ibrohimning farzandlari bo‘lganingizda edi, Ibrohimning qilgan ishlarini qilgan bo‘lar edingizlar.
Sizlar Ibrohimning emas, o‘z otangizning ishlarini qilyapsizlar. — Iye, biz zinodan tug‘ilmaganmiz. Bizning bittayu bitta Otamiz — Xudoning O‘zi–ku! — deb javob berishdi Isoga.
Iso ularga shunday dedi: — Agar Otangiz Xudo bo‘lganda edi, Meni yaxshi ko‘rgan bo‘lar edingiz, chunki Men Xudodan kelib, endi shu yerda turibman. Men O‘zimcha kelganim yo‘q, Meni U yubordi.
Sizlarning otangiz Xudo emas, iblisdir. Sizlar o‘z otangizning nafsu ehtiroslarini bajo qilishni xohlaysizlar. Azaldanoq iblis qotil edi. U hech qachon haqiqat tarafdori bo‘lmagan, chunki unda haqiqat yo‘q. U yolg‘on so‘zlaganda, o‘ziga xos so‘zlaydi. Chunki u yolg‘onchi, yolg‘onning otasidir.
Shunda yahudiylar dedilar: — Sizni jin urganini endi aniq bilib oldik! Ibrohim o‘ldi, payg‘ambarlar ham o‘lib ketishgan. Siz esa: “Kim Mening so‘zimga rioya qilsa, hech qachon o‘lmaydi”, deyapsiz–a?!
aslida esa Uni tanimaysizlar. Men esa Uni bilaman. Agar, Uni bilmayman, desam, sizlarga o‘xshagan yolg‘onchi bo‘laman. Men Uni bilaman va Uning so‘ziga rioya qilaman.