Pavlus Darba va Listra shaharlariga bordi. Listrada Isoning Timo‘tiy ismli shogirdi yashardi. Uning onasi imonga kelgan yahudiy bo‘lib, otasi yunon edi.
Pavlus Timo‘tiyni o‘zi bilan birga olib ketmoqchi bo‘lib, o‘sha yerlarda yashaydigan yahudiylar sababli uni sunnat qildirdi. Chunki Timo‘tiyning otasi yunon ekanini hamma bilardi.
Ular shaharlar oralab o‘tganlarida, Quddusdagi havoriylar va oqsoqollar qaror qilgan qoidalarni imonlilarga yetkazib, bularga rioya qilinglar, deb aytishardi.
Pavlusga kelgan bu vahiydan keyin, biz tezda Makedoniyaga borishga hozirlik ko‘rdik. Xudo bizni u yerdagi xalqqa Xushxabarni va’z qilishga chaqirdi, deb ishonch hosil qilgan edik.
Shabbat kuni biz shahardan daryo bo‘yiga chiqdik. U yerda ibodat qiladigan joy bor, deb o‘ylagan edik. O‘sha yerda ayollar yig‘ilgan ekan, biz ular bilan o‘tirib suhbatlashdik.
Bizni tinglab o‘tirganlar orasida Lidiya degan bir ayol ham bor edi. U Tiyatira shahridan bo‘lib, safsar matolar sotardi. U xudojo‘y edi. “Pavlusning aytganlarini jon dili bilan tinglasin”, deb Egamiz Lidiyaning yuragini ochdi.
Lidiya bilan uning xonadon ahli suvga cho‘mdirilganlaridan keyin, u bizga shunday taklif qildi: “Agar meni Rabbimiz Isoga sodiq imonli deb hisoblasangizlar, mening uyimga kelib, o‘sha yerda turinglar.” Lidiya bizni ko‘ndirdi.
Bir kuni biz ibodat qiladigan joyga ketayotganimizda, oldimizga bir cho‘ri qiz keldi. Bu qizda folchilik ruhi bo‘lib, u bashorat qilish orqali xo‘jayinlariga ko‘p pul ishlab berar ekan.
O‘sha cho‘ri bir necha kun davomida shunday qilib yurdi. Oxiri, Pavlus bezor bo‘lib, orqasiga o‘girildi–da, yovuz ruhga dedi: “Senga Iso Masih nomidan buyuraman: bu qizning ichidan chiqib ket!” O‘sha zahoti yovuz ruh qizning ichidan chiqib ketdi.
biz esa Rimliklarmiz, ular bizning qonunlarimizga zid bo‘lgan odatlarni targ‘ib qilyaptilar. Biz ularning odatlarini qabul qila olmaymiz yoki amalda qo‘llay olmaymiz.
Olomon Pavlus bilan Silaga qarshi hujumga qo‘shildi. Shunda Rim amaldorlari Pavlus bilan Silaning kiyimlarini yechdirib, askarlarga: “Bularni kaltaklanglar”, deb buyurdilar.
Birdan shunday qattiq zilzila yuz berdiki, qamoqxonaning poydevori larzaga keldi, shu zahoti hamma eshiklar ochilib, mahbuslarning kishanlari yechilib ketdi.
Zindonbon uyg‘onib, qamoqxona eshiklari ochiq ekanini ko‘rdi. U, mahbuslar ozod bo‘lib ketibdi, deb o‘ylab, qilichini qinidan sug‘urib, o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi.
Pavlus esa mirshablarga shunday dedi: — Rim fuqarosi bo‘lsak ham, bizni hukm qilmasdan xalqning ko‘z o‘ngida kaltakladilar, zindonga tashladilar. Nima uchun endi yashirincha bizni jo‘natib yubormoqchilar?! Bunaqasi ketmaydi! O‘zlari kelib, bizni zindondan chiqarsinlar.
Pavlus bilan Sila zindondan chiqqanlaridan keyin, Lidiyaning uyiga bordilar. Ular bu yerda imonlilar bilan uchrashib, ularga dalda berdilar, so‘ng u yerdan ketdilar.