U yerda Pavlus Akil degan bir yahudiy bilan tanishdi. Akil Pontusda tug‘ilgan bo‘lib, xotini Priskilla bilan Italiyadan yaqinda kelgan ekan. Chunki Qaysar Klavdiy, hamma yahudiylar Rimdan chiqib ketsin, deb farmon bergan edi. Pavlus ularni ko‘rgani bordi.
Sila bilan Timo‘tiy Makedoniyadan kelganlaridan keyin, Pavlus butun vaqtini Iso haqidagi xabarni va’z qilishga bag‘ishladi. U yahudiylarga Isoning Masih ekani to‘g‘risida guvohlik berardi.
Yahudiylar esa Pavlusga qarshi chiqib, uni haqorat qildilar. Pavlus ulardan norozi bo‘lib, kiyimlaridan changni qoqdi–da: “Qoningiz o‘z gardaningizda qolsin, menda ayb yo‘q, hozirdan boshlab g‘ayriyahudiylar orasiga ketganim bo‘lsin”, dedi ularga.
Shunday qilib, Pavlus sinagogani tark etib, Titas Yustus degan bir odamning uyiga bordi. Titas Yustus ham xudojo‘y odam bo‘lib, uning uyi sinagoganing yonginasida edi.
Sinagoganing qavmboshisi Krisp butun xonadoni bilan Rabbimiz Isoga imon keltirdi. Pavlusdan Xushxabar eshitgan Korinfliklarning ko‘pchiligi ishonib, suvga cho‘mdirildilar.
Pavlus endi gapirmoqchi bo‘lib turgan edi, Kalliya yahudiylarga shunday dedi: — Ey yahudiylar! Agar da’voingiz yomon qilmish yoki og‘ir jinoyat masalasida bo‘lganda edi, shikoyatlaringizni qabul qilishga sabab topgan bo‘lardim.
Ammo bu da’volaringiz ayrim so‘zlar, ismlar va o‘z qonuningiz borasida ekan, bularni o‘zlaringiz ko‘rib chiqaveringlar. Men bu masalalarning hakami bo‘lmayman.
Pavlus Korinfda imonlilar bilan uzoq vaqt turdi. So‘ng ular bilan xayrlashib, kemada Suriyaga suzib ketdi. Akil bilan Priskilla ham u bilan birga ketdilar. Pavlus Xudoga ont ichgani uchun Kenxreyadan suzib ketishdan oldin sochini oldirdi.
[19-21] Ular Efesga yetib keldilar. Pavlus sinagogaga borib, yahudiylar bilan munozara o‘tkazdi. Odamlar Pavlusdan, biz bilan uzoqroq qoling, deb iltimos qildilar. Ammo Pavlus rozi bo‘lmadi. Ketishidan oldin esa ularga: “Xudo xohish bildirsa, sizlarning oldingizga qaytib kelaman”, dedi. Shundan keyin Akil bilan Priskillani Efesda qoldirib, o‘zi kemada suzib ketdi.
U Rabbimiz Isoning yo‘lida ta’lim olgan bo‘lib, otashin ruh bilan gapirardi. Garchi faqat Yahyoning suvga cho‘mdirish to‘g‘risidagi ta’limotini bilgan bo‘lsa–da, Iso haqida to‘g‘ri ta’lim berardi.
Apollos sinagogada jasorat bilan gapira boshladi. Priskilla bilan Akil Apollosning va’zini eshitganlaridan keyin, uni uyiga taklif qilib, Xudoning yo‘lini yanada aniqroq tushuntirib berdilar.
Apollos Axayaga borishga qaror qildi. Efesdagi imonlilar Axayadagi shogirdlarga, Apollosni yaxshi qabul qilsangizlar, deb maktub yozdilar. Apollos Axayaga kelgach, Xudoning inoyati bilan imonga kelganlarga katta yordam berdi.