— Shoh Agrippa janobi oliylari! Bugun mana bu yahudiylar menga qo‘yayotgan ayblardan o‘zimni sizning huzuringizda himoya qilayotganim uchun baxtiyorman.
Vaholanki, xalqimizning o‘n ikki qabilasi kechayu kunduz Xudoga chin dildan sajda qilib, shu va’da bajo bo‘lishiga umid qilyaptilar. Janobi oliylari, men ham aynan shunday umid qilganim uchun yahudiylar meni ayblayaptilar.
Men buni Quddusda qildim ham. Bosh ruhoniylardan vakolat olib, azizlardan ko‘pchiligini qamoqqa tashladim. Ular o‘limga hukm qilinganlarida, men buni ma’qullab turardim.
Men tez–tez bir sinagogadan ikkinchisiga borib, ularni jazolardim, imonlaridan qaytarishga harakat qilardim. Men ularga nisbatan shunchalik shafqatsiz edimki, hatto begona shaharlarda ham ularni quvg‘in qilgani borardim.
Janobi oliylari! Men kuppa–kunduz yo‘lda ketayotganimda, birdan osmonda quyoshdan ham yorug‘ nurni ko‘rdim. Nur sheriklarim bilan mening yon–atrofimni yoritib yubordi.
Hammamiz yerga yiqildik. Shunda oromiy tilida menga gapirayotgan bir ovozni eshitdim: “Shoul! Shoul! Nimaga Meni quvg‘in qilyapsan? Ho‘kiz o‘z egasining tayog‘ini tepib, o‘ziga zarar keltirganday, sen ham Menga qarshi chiqib, o‘zingga zarar keltiryapsan.”
“Endi o‘rningdan tur, Shoul. Seni O‘zimning xizmatkorim qilib tayinlash maqsadida senga zohir bo‘ldim. Sen Meni ko‘rganing va Men senga ko‘rsatadiganlarim to‘g‘risida guvohlik berasan.
Sen ularning ko‘zlarini ochasan, ularni zulmatdan yorug‘likka, shaytonning hukmronligidan Xudoning hukmronligiga qaytarasan. Menga imon keltirish orqali ularning gunohlari kechirilib, ular Xudoning tanlangan xalqi orasidan joy oladilar.”
Avvalo, Damashqda va Quddusda, keyin butun Yahudiyada, shuningdek, g‘ayriyahudiylar orasida: “Gunohlaringiz uchun tavba qilinglar, Xudoga yuz buringlar, tavba qilganingizni ko‘rsatadigan ishlar qilinglar”, deb va’z qildim.
Ammo shu kungacha Xudo menga madad berdi. Men hammaga — kattayu kichikka shu yerda birday guvohlik beryapman. Ammo men ularga faqat payg‘ambarlarning va Musoning aytganlarini gapirgan edim.
Shoh bu narsalar to‘g‘risida bilgani uchun, men unga bemalol gapirmoqdaman. Bu narsalarning har biri uning e’tiboridan chetda qolmaganiga imonim komil. Chunki bular yashirin qilingan emas.
Pavlus shunday javob berdi: — Darrov bo‘ladimi yoki uzoq vaqtdan keyin bo‘ladimi, nafaqat siz, balki mening gaplarimni eshitayotganlarning hammasi men singari bo‘lsin, deb Xudoga ibodat qilaman. Ammo mana bu kishanlarni sizlarga ravo ko‘rmayman.