Agar bir xasta odamga qilingan yaxshilik tufayli bizdan hisob talab qilayotgan bo‘lsangiz va bu odamning qanday qilib sog‘ayganini so‘rayotgan bo‘lsangiz,
sizlar, Isroil xalqi — hammalaringiz shuni bilib qo‘yinglarki, mana bu odam Nosiralik Iso Masih nomi bilan tamomila sog‘ayib, oldingizda turibdi. Isoni sizlar xochga mixlagan edingizlar, Xudo esa Uni o‘likdan tiriltirdi.
Axir, Iso to‘g‘risida Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan: “Siz, binokorlar, rad etgan tosh Binoning tamal toshi bo‘ldi.” Najot boshqa hech kimdan kelmaydi.
Kengash a’zolari Butrus bilan Yuhannoning jasoratini ko‘rdilar va ularning o‘qimagan, oddiy odam ekanliklarini bilib, hayron qoldilar. Butrus bilan Yuhanno Isoning sheriklari ekanini angladilar.
Shifo topgan odam ham ikkala havoriy bilan birga turgan edi. Shuning uchun xalq yo‘lboshchilari va oqsoqollar uni ko‘rib, ikkovining gaplariga qarshi biron so‘z ayta olmadilar.
Ammo bu xabar xalq orasida yanada yoyilib ketishining oldini olish uchun, bundan keyin Isoning nomi bilan hech kimga gapirmaysizlar, deb ularni ogohlantirib qo‘yamiz.
Butrus bilan Yuhanno esa ularga shunday javob qaytardilar: — Xudodan ko‘ra sizlarga itoat etsak, Xudoning nazarida to‘g‘ri bo‘ladimi? O‘zlaringiz xulosa chiqaraveringlar.
Shunday qilib, Kengash a’zolari ularni oxirgi marta ogohlantirib, qo‘yib yubordilar. Ularni jazolash uchun hech qanday sabab topa olmagandilar, chunki butun xalq yuz bergan voqeani bilib, Xudoga hamdu sano aytardi.
Butrus bilan Yuhanno ozod bo‘lishlari bilanoq, do‘stlarining oldiga qaytib keldilar va bosh ruhoniylar bilan oqsoqollarning ularga aytgan gaplarini so‘zlab berdilar.
Do‘stlari bu gaplarni eshitganlaridan keyin, hammalari birgalikda baland ovozda Xudoga shunday deb ibodat qildilar: — Ey Egamiz! Sen yeru osmonni, dengizu ulardagi hamma narsalarni yaratgansan!
Haqiqatan, Hirod bilan Pontiy Pilat g‘ayriyahudiylar va Isroil xalqi bilan birga bu shaharda Sening muqaddas quling, O‘zing Masih qilib tanlagan Isoga qarshi to‘plandilar.
Hammalari ibodat qilib bo‘lganlaridan keyin, ular yig‘ilib turgan joy silkindi. Hammalari Muqaddas Ruhga to‘lib, Xudoning so‘zini jasorat bilan gapiradigan bo‘ldilar.
Imonga kelganlar yakdil va hamjihat edilar. Ulardan birontasi o‘ziga qarashli biron narsani “Bu meniki”, deb aytmas, bor mol–mulklarini umumiy deb bilishardi.
Imonlilar orasida levilardan bo‘lgan Yusuf ismli bir odam bor edi. U asli Kiprdan edi. Havoriylar unga Barnabo, ya’ni “dalda beruvchi” degan nom bergan edilar.