Yana o‘zimizga o‘zimiz tavsiya beryapmizmi? Yoki ba’zilarga kerak bo‘lganday, sizlarga tavsiyanomalar ko‘rsatishimiz kerakmi yoki sizlardan bizga tavsiyanomalar kerakmi?
Ochiq ko‘rinib turibdiki, bizning xizmatimiz tufayli yozilgan Masihning maktubi sizlarsiz. Bu maktub siyoh bilan emas, balki barhayot Xudoning Ruhi orqali yozilgan, tosh lavhalarga emas, balki inson qalbining lavhalariga yozilgandir.
Xudo bizga yangi ahdning xizmatkorlari bo‘lish qobiliyatini berdi. Bu ahd qonunga emas, balki Ruhga asoslanib tuzilgan, chunki qonun o‘limga yetaklaydi, Ruh esa hayot bag‘ishlaydi.
Tosh lavhalarga yozilgan amrlar, ya’ni eski ahd o‘limga yetaklasa ham, ular shunchalik ulug‘vorlikka ega ediki, Musoning o‘sha ulug‘vorlikdan porlayotgan yuziga Isroil xalqi tik qaray olmagan edi. O‘tkinchi ulug‘vorlik shunchalik porloq ekan,
Isroil xalqining aqli o‘tmas bo‘lib qolgandi. Bugunga qadar eski ahd o‘qilganda, xuddi bir parda ularning ongini to‘sib turganga o‘xshaydi. Bu pardani faqatgina Masih olib tashlaydi.
Biz hammamiz ochiq yuzimiz bilan Egamizning ulug‘vorligini ko‘rib turibmiz. Biz bora–bora o‘zgarar ekanmiz, yanada ulug‘vor bo‘lib, Egamizga o‘xshagan bo‘lamiz. Bularning hammasi Egamizning Ruhi orqali sodir bo‘lmoqda.