Biz Xudoning farzandlari ekanligimizni ko‘rsatish uchun U yuragimizga O‘z o‘g‘lining Ruhini yubordi. Bu Ruh orqali biz Xudoni: “ Ota! Otajon!” deb chaqiramiz.
Endi esa Xudoni bilasizlar, to‘g‘rirog‘i, Xudo sizlarni biladi. Shunday ekan, qanday qilib yana o‘sha kuchsiz, qadrsiz xurofotlarga qaytyapsiz?! Yana o‘shalarga qul bo‘lishni xohlaysizmi?!
Ey birodarlar, sizlardan iltimos qilaman, menga o‘xshagan bo‘linglar, chunki men ham sizlarga o‘xshab qonun ostidagi hayotdan ozodman. Sizlar menga hech ham ozor bermagansiz.
Ojizligim tufayli sizlarga og‘irligim tushgan bo‘lsa ham, mendan nafratlanmadingiz, meni rad etmadingiz. Aksincha, meni Xudoning farishtasiday, xuddi Iso Masihning O‘zini qabul qilganday qabul qildingizlar.
Ba’zi birovlar sizlarni o‘zlariga og‘dirib olishga tirishmoqdalar. Lekin ular sizlarning foydangizni ko‘zlamayapti, balki bizni bir–birimizdan ajratib tashlamoqchi. Shunda sizlar ularning atrofida girdikapalak bo‘lasizlar.
Hojar Arabistondagi Sinay tog‘ini bildirsa–da, u yahudiy dinining markazi bo‘lgan hozirgi Quddusning ramzidir. Axir, Quddus va uning bolalari qullikdalar–ku.
Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan: “Ey bola ko‘rmagan bepusht ayol! Shod bo‘lgin! Ey to‘lg‘oq og‘rig‘ini bilmagan ayol! Xitob qil, hayqirgin! Axir, tashlab ketilgan ayolning bolalari Eri bor xotinnikidan ham ko‘proq bo‘ladi!”
Ammo bu haqda Muqaddas Bitiklarda nima deyilgan? “Cho‘rini va uning o‘g‘lini haydab yuboring. Chunki cho‘rining o‘g‘li ozod ayolning o‘g‘li bilan birga merosxo‘r bo‘lmaydi.”