Ey birodarlar, deylik, orangizdan birortasi gunoh qilib qo‘yganini bilib qoldingiz. Sizlar, Ruhning yetakchiligida hayot kechirayotganlar, uni muloyim ruh bilan to‘g‘ri yo‘lga solinglar. O‘zingizga ehtiyot bo‘ling, tag‘in o‘zingiz ham vasvasaga yo‘liqib qolmang.
Xudbin istaklarini qondirish uchun urug‘ ekkanlar o‘sha xudbin istaklari tufayli halokatni o‘rib oladilar. Ruhni mamnun qilish uchun urug‘ ekkanlar esa Ruhdan abadiy hayot o‘rib oladilar.
Sizlarni sunnat bo‘lishga majbur qilayotganlar sirtdan yaxshi taassurot qoldirmoqchi bo‘lyaptilar. Masihning xochi uchun quvg‘inga duchor bo‘lmaylik, deya shunday qilyaptilar.
Holbuki, sunnatni tadbiq qilayotganlarning o‘zlari ham qonunga rioya etmaydilar. Ular faqatgina sizlarning sunnat qilinganingiz bilan maqtanishni istaydilar.
Men esa Rabbimiz Iso Masihning xochidan boshqa hech narsa bilan maqtanmayman. O‘sha xoch tufayli bu dunyo men uchun o‘lgan, men esa bu dunyo uchun o‘lganman.