Bu sirning mohiyati quyidagichadir: g‘ayriyahudiylar ham Xushxabarga ishonib Iso Masih orqali Xudo O‘z xalqiga ato qiladigan barakalarga sherik bo‘ladilar. Ular bilan birga bir tana bo‘lib, Xudoning O‘z xalqiga bergan va’dasidan bahramand bo‘ladilar.
Men Xudoning azizlari orasida eng arzimagani edim. Masihning aql bovar qilmas boyligi haqidagi Xushxabarni g‘ayriyahudiylarga yetkazishim uchun Xudoning inoyati menga berildi.
Shunday ekan, sizlardan o‘tinaman, mening azob–uqubatlarimni deb, ruhingiz hech tushmasin. Aksincha, sizlar uchun chekkan azob–uqubatlarim bilan faxrlaninglar.
Mening toat–ibodatlarim quyidagichadir: Xudo O‘zining ulug‘vor boyligi bilan sizlarga kuch–qudrat berib, O‘z Ruhi bilan ichki borlig‘ingizni baquvvat qilsin.
[18-19] Xudoning barcha azizlari bilan birga Masihning aql bovar qilmas sevgisi qanchalik keng, qanchalik cheksiz, qanchalik yuksak va teran ekanligini to‘la anglab, bilib olinglar. Shunda hayotingiz Xudoning kamolotiga to‘lib toshadi.