Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning Salonika shahridagi imonlilar jamoatiga Pavlus, Sila va Timo‘tiydan salom! Xudoning inoyati va tinchligi sizlarga yor bo‘lsin. |
| 2 |
| Biz doim sizlar uchun ibodat qilib, hammangiz uchun Xudoga shukrlar aytamiz. |
| 3 |
| Imon va sevgi bilan qilgan ishlaringizni, Rabbimiz Iso Masihga bog‘lagan mustahkam umidingizni doimo Otamiz Xudo huzurida yodga olamiz. |
| 4 |
| Ey Xudo sevgan birodarlarimiz, Xudo sizlarni tanlab olganini bilamiz. |
| 5 |
| Axir, biz Xushxabarni sizlarga quruq so‘zlar bilan emas, balki Muqaddas Ruhning qudrati va to‘liq ishonch bilan keltirdik. Orangizda bo‘lganimizda, sizlarning manfaatingizni ko‘zlab, qanday yashaganimizni bilasiz. |
| 6 |
| Sizlar bizdan va Rabbimiz Isodan o‘rnak oldingiz. Axir, ko‘p azob–uqubat chekkaningizga qaramay, Muqaddas Ruh beradigan quvonch bilan Xudoning so‘zini qabul qildingiz. |
| 7 |
| Shunday qilib, Makedoniya va Axaya o‘lkalaridagi barcha imonlilarga o‘rnak bo‘ldingiz. |
| 8 |
| Rabbimizning kalomi sizlardan faqatgina Makedoniya va Axayaga yoyilib qolmadi. Sizlarning Xudoga bo‘lgan imoningiz hamma joyda mashhur bo‘ldi. Shuning uchun endi bizning biror narsa gapirishimizga hojat qolmadi. |
| 9 |
| Bizni yaxshi qabul qilganingiz haqida, barhayot va haqiqiy Xudoga xizmat qilaylik, deya butlardan yuz o‘girib, Xudoga yuz burganingiz haqida hamma gapiryapti. |
| 10 |
| Xudoning O‘g‘li Isoning samodan tushishini kutayotganingiz haqida ham gapiryaptilar. Xudo O‘z O‘g‘li Isoni tiriltirgan, Iso bizni kelajak g‘azabdan qutqaradi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/1thessalonians/001.mp3
5
1