Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Birodarlar, bular qachon, qaysi payt sodir bo‘lishi haqida sizlarga yozishimizning hojati yo‘q. |
| 2 |
| Axir, Rabbimiz Iso, kechasi o‘g‘ri tushganday, nogahon kelishini o‘zingiz bilasiz–ku! |
| 3 |
| Homilador ayolning to‘lg‘oq og‘riqlari kutilmaganda kelganiday, odamlar: “Hammasi tinch, osoyishta”, deb yurganlarida, birdaniga boshlariga halokat tushadi. Ular qochib qutula olmaydilar. |
| 4 |
| Biroq, birodarlar, sizlar zulmatda yurmaysizlarki, bu kun o‘g‘riday, kutilmaganda kelib, sizlarni hayratda qoldirsa! |
| 5 |
| Sizlarning hammangiz yorug‘likda yashaysiz, kunduz kunga tegishlisiz. Biz zulmatga, tunga tegishli emasmiz. |
| 6 |
| Shuning uchun boshqalarga o‘xshab uxlab qolmaylik. Biz uyg‘oq, hushyor bo‘lishimiz kerak. |
| 7 |
| Chunki uxlaydiganlar kechasi uxlaydi, ichkilikka berilganlar ham kechasi ichadi. |
| 8 |
| Biz esa kunduz kunga tegishli ekanmiz, kelinglar, imon va sevgini sovut qilib, boshimizga esa najot umidini dubulg‘a qilib kiyib, hushyor bo‘laylik. |
| 9 |
| Chunki Xudo bizni g‘azabga uchrasin, deb emas, balki Rabbimiz Iso Masih orqali najot topishimiz uchun tayinladi. |
| 10 |
| Biz tirik bo‘lsak ham, hayotdan ko‘z yumsak ham, U bilan birga yashashimiz uchun Rabbimiz Iso biz uchun o‘ldi. |
| 11 |
| Shuning uchun ham hozir qilayotganingizdek, bundan keyin ham bir-biringizga dalda berib, kuch va g‘ayrat bag‘ishlang. |
| 12 |
| Birodarlar, sizlarga iltijo qilamiz. Orangizda ishlab, Rabbimiz Isoning yo‘lida sizlarga yetakchilik qilayotgan, yo‘l–yo‘riq ko‘rsatayotganlarni hurmat qiling. |
| 13 |
| Qilayotgan ishlari uchun muhabbat bilan ularni e’zozlang. Bir–biringiz bilan tinch–totuv yashang. |
| 14 |
| Ey birodarlar, sizlardan o‘tinib so‘raymiz: beboshlarni ogohlantiring, jur’atsizlarga dalda bering, zaiflarga yordam ko‘rsating, hammaga sabr–toqatli bo‘ling. |
| 15 |
| Hech biringiz yomonlikka yomonlik qaytarmang, balki har doim bir–biringizga va hammaga yaxshilik qilishga intiling. |
| 16 |
| Hamisha xursand bo‘lib yuringlar. |
| 17 |
| Tinmay ibodat qilinglar. |
| 18 |
| Har qanday sharoitda ham Xudoga shukr qilinglar, chunki sizlar, ya’ni Iso Masihga imon keltirganlar uchun Xudoning irodasi shudir. |
| 19 |
| Muqaddas Ruhning o‘tini so‘ndirmang. |
| 20 |
| Bashoratlarni kamsitmanglar. |
| 21 |
| Hammasini tekshirib ko‘ringlar. Yaxshilikni mahkam tutib, |
| 22 |
| har qanday yomonlikdan qochinglar. |
| 23 |
| Tinchlik manbayi bo‘lgan Xudoning O‘zi sizlarni butunlay poklasin. Rabbimiz Iso Masih kelguncha, butun ruhingiz, joningiz va taningiz aybsiz saqlansin. |
| 24 |
| Sizlarni chaqirgan Xudo sadoqatlidir, U har doim O‘z aytganini bajaradi. |
| 25 |
| Birodarlar, biz uchun ibodat qiling. |
| 26 |
| Hamma birodarlar bilan o‘pishib ko‘rishinglar. |
| 27 |
| Rabbimiz nomi bilan sizlarga buyuraman, mana shu xatni barcha birodarlarga o‘qib beringlar. |
| 28 |
| Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor bo‘lsin. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/1thessalonians/005.mp3
5
5