Men najot haqidagi bu xabarni e’lon qiluvchi havoriy etib tayinlandim. To‘g‘risini aytyapman, yolg‘on gapirayotganim yo‘q! Haqiqatdan ham, men turli xalqlarga imon va haqiqatni o‘rgatish uchun yuborilganman.
Sizlar yig‘ilganingizda, orangizdagi erkaklar qo‘llarini duoga ochib, chin qalbdan ibodat qilsinlar. Hech kimdan g‘azablanmasinlar, talashib–tortishmasinlar.
Xotinlar soddagina, did bilan kiyinsinlar. Ular sochiga ortiqcha oro bermay, oltin va marvarid taqinchoqlar yoki qimmatbaho kiyimlar bilan emas, balki or–nomus bilan bezansinlar.
O‘shandan buyon, xotinlar tuqqanda la’nat tufayli dardu azob chekadigan bo‘ldilar. Biroq shunga qaramay, agar ular kamtaru bama’ni bo‘lishsa, Masihga bo‘lgan imonda sobit qolib, mehr–oqibatli bo‘lib, taqvodor hayot kechirishsa, najot topadilar.