Bu sajdagoh Chodir bo‘lib, ikki xonadan iborat edi. Birinchi xona Muqaddas xona deb atalar edi. U yerda chiroqpoya, xontaxta va xontaxta ustida muqaddas nonlar bor edi.
Bu xonada tutatqi tutatiladigan oltin qurbongoh va har tomoni oltin bilan qoplangan ahd sandig‘i turardi. Ahd sandig‘i ichida manna solingan oltin idish, Horunning gullagan hassasi va amrlar yozilgan ikkita tosh lavha bor edi.
Sandiqning qopqog‘i ustiga Xudo huzurining ramzi — qanotli karublar o‘rnatilgandi. Karublarning tepaga ko‘tarilgan qanotlari qopqoqni berkitib turardi. Bularning hammasini hozir birma–bir aytishning mavridi emas.
Chodirning ichki — Eng muqaddas xonasiga esa faqatgina oliy ruhoniy yilda bir martagina kirardi. U doim o‘zi bilan qurbonlik qonini olib kirardi. Bu qonni o‘zining va xalqning bilmasdan qilgan gunohlari uchun nazr qilardi.
O‘rnatilgan o‘sha tartib orqali Muqaddas Ruh shuni ko‘rsatyaptiki, Eng muqaddas xona xalq uchun yopiq. Chodirning birinchi xonasiga oid bo‘lgan qoidalar hanuz kuchda ekan, samodagi Eng muqaddas xonaga ham hali yo‘l yopiq.
Bu qoidalar hozirgi zamon uchun ramzdir, ular shunday ma’noni bildiradi: keltirilgan nazrlar va qurbonliklar Xudoga sajda qiluvchilarning vijdonini poklay olmaydi.
Bu nazrlaru qurbonliklar, shuningdek, yegulik, ichgulik va har xil poklanish marosimlariga oid udumlar inson tanasi bilan bog‘liq. Bular yangi tartib o‘rnatilguncha amal qilgan.
Endi esa Masih kelgan xayr–barakalarning Oliy ruhoniysi bo‘ldi. U inson qo‘li bilan qurilmagan, bu dunyoga mansub bo‘lmagan samodagi mukammal Chodirga kirdi. Yerdagi Chodirdan buyukroq bo‘lgan samodagi bu Chodirdan o‘tib,
Eng muqaddas xonaga kirdi. Masih bu xonaga takalar va buqalarning qoni bilan emas, balki O‘z qoni evaziga kirdi. U yerga bir marta kirib, bizni to abad gunohlardan ozod qildi.
Ilgarilari takalaru buqalarning qoni hamda kuydirilgan g‘unajinning kuli harom bo‘lgan kishilarning ustiga sepilganda, ular jisman poklanardilar. Jonivorlarning qoni bilan shunday natijaga erishilgan bo‘lsa,
Masihning qoni bilan bundanda buyukroq natijaga erishsa bo‘ladi! Zero, Masih mangu Ruhning qudrati orqali O‘zini benuqson qurbonlik sifatida Xudoga bag‘ishladi. Uning to‘kilgan qoni vijdonimizni o‘limga yetaklovchi ishlardan poklaydi, shunda biz barhayot Xudoga xizmat qila olamiz.
Ana shu sababdan Masih Yangi Ahdning vositachisi bo‘ldi. Endi da’vat etilgan odamlar Xudoning va’da qilgan abadiy merosiga ega bo‘la oladilar. Ular avvalgi ahd davrida berilgan Xudoning qonunini buzib, gunoh qilgan edilar. Masih esa ularni gunohlaridan xalos qilish uchun qurbon bo‘ldi.
Boshida Muso Tavrotdagi hamma amrlarni butun xalqqa o‘qib berdi. So‘ng bir tutam issop va qirmizi ip yordamida buqalar va takalarning qoni bilan suvni Tavrot kitobiga va butun xalqning ustiga sepib,
Shu sababdan, samoviy Chodirning aksi bo‘lgan bu Chodir va undagi hamma ashyolar hayvonlarning qoni bilan poklanishi kerak edi. Ammo samoviy narsalar bundan a’loroq qurbonliklarni talab qiladi!
Ana shu maqsadda Masih bizlar uchun Xudoning huzurida hozir bo‘ldi. U haqiqiy Chodirning soyasigina bo‘lgan bu dunyodagi chodirning Eng muqaddas xonasiga emas, balki inson qo‘li bilan qurilmagan samoviy Chodirga kirdi.
Levi naslidan bo‘lgan oliy ruhoniylar har yili Eng muqaddas xonaga kirib, hayvonlarning qonini nazr qiladilar. Masih esa O‘zini qayta–qayta qurbonlik qilmadi.
Agar Masih har yili O‘zini qurbonlik qilganda edi, dunyo yaratilgandan beri U qayta–qayta azob chekkan bo‘lardi. Buning o‘rniga U mana shu oxirgi zamonda odamlarning gunohlarini yuvish uchun, bir martagina olamga kelib, O‘zini qurbon qildi.
Shu singari Masih ham ko‘plarning gunohlarini O‘z bo‘yniga olish uchun, bir marta qurbon bo‘lib, o‘ldi. U bu dunyoga qaytib keladi. Bu safar U gunohlarni yuvish uchun emas, balki Uni intizorlik bilan kutayotgan odamlarga najot berish uchun keladi.