Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Yahudo qabilasining urug‘lariga tushgan ulush yurtning janub tomonida edi. Ularning janubdagi yerlari Edom yurtining chegarasi bo‘lgan Zin sahrosigacha yetdi. |
| 2 |
| Ularning janubiy chegarasi O‘lik dengizning janubiy qirg‘og‘idan boshlanadi. |
| 3 |
| Chegara Chayonlar dovonidan o‘tib janub tomonga, Zin sahrosi tomon cho‘ziladi. Kadesh–Barna shahrining janub tomonidan o‘tib, Xazron shahrigacha boradi. Xazrondan o‘tgandan keyin esa Adar shahrigacha borib Karxa shahri tomonga buriladi. |
| 4 |
| Bu chegara Ozmon shahrigacha borib, Misr chegarasidagi soylikdan ham o‘tadi–da, O‘rta yer dengizining yonida to‘xtaydi. Mana shu Yahudo qabilasining janubiy chegarasi bo‘ladi. |
| 5 |
| Ularning sharqiy chegarasi O‘lik dengizdir. Bu chegara shimoldagi Iordan daryosi O‘lik dengizga quyiladigan joygacha cho‘ziladi. Shimoliy chegara esa mana shu joydan boshlanadi. |
| 6 |
| Bu chegara O‘lik dengizning g‘arbidagi Bayt–Xo‘glaxgacha cho‘zilib, Bayt–Arabaning shimolidan o‘tadi–da, Ruben o‘g‘li Bo‘xanning nomi bilan atalgan tosh turgan joygacha boradi. |
| 7 |
| Keyin chegara Oxor soyligidan Davirgacha borib, shimolga — Gilgal tomonga buriladi. Gilgal soylikning janubida bo‘lgan Adum dovonining ro‘parasida edi. Chegara En–Shamash bulog‘idan o‘tib En–Ro‘g‘olga boradi. |
| 8 |
| Keyin Xinnum soyligining tepasidan kesib o‘tib, Yobus xalqiga qarashli bo‘lgan tepalikning, ya’ni Quddusning janubiy yon bag‘ridan o‘tadi. Chegara u yerdan Xinnum soyligining g‘arbidagi qirning tepasiga — Rafa soyligining shimoliy chetigacha boradi. |
| 9 |
| Chegara tog‘ning tepasidan Naftuva buloqlari tomon cho‘zilib, Efro‘n tog‘ining shaharlarigacha boradi, keyin esa Baalax tomonga buriladi. Bu shahar hozirgi paytda Xirat–Yorim, deb ataladi. |
| 10 |
| Shundan keyin bu shimoliy chegara Baalaxning g‘arb tomonini aylanib o‘tib, Seir tog‘larigacha boradi. Keyin Yorim tog‘ining shimoliy yon bag‘ridan o‘tadi. Xisalon shahri shu yerda joylashgan. U yerdan chegara Bayt–Shamash shahrigacha boradi va Timnax shahridan o‘tadi. |
| 11 |
| Keyin chegara Exron shahrining shimolidagi tepalikning yon bag‘ridan o‘tib, Shikkaron shahri tomonga buriladi. Keyin Baalax tog‘ining yonidan o‘tib, Yobnail shahriga boradi. Shimoliy chegara O‘rta yer dengizining oldida tugaydi. |
| 12 |
| O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i g‘arbiy chegarani tashkil qiladi. Mana shu chegaralar bilan o‘ralgan yerda Yahudo qabilasining urug‘lari yashardi. |
| 13 |
| Egamiz buyurganday, Yoshua Yafunax o‘g‘li Xolibga Yahudo qabilasining hududidan ulush berdi. Bu ulush Xirat–Arba shahri edi. Hozirgi paytda bu shahar Xevron, deb ataladi. Arba Inoq avlodining ajdodi edi. |
| 14 |
| Xolib u yerdan Inoq avlodini — Sheshay, Oximan va Talmay urug‘larini quvib chiqardi. |
| 15 |
| Yahudo qabilasining odamlari u yerdan Dabir shahriga hujum qilish uchun yo‘lga tushishdi. Dabirning eski nomi Xirat–Safar edi. |
| 16 |
| Shunda Xolib: “Xirat–Safarga hujum qilib, qo‘lga kiritgan kishiga qizim Axsani beraman”, — dedi. |
| 17 |
| Xolibning ukasi bo‘lgan Xanazning o‘g‘li O‘tniyol shaharni qo‘lga kiritdi. Xolib esa unga qizi Axsani uzatdi. |
| 18 |
| To‘ydan keyin qiz O‘tniyolga: “Keling, otamdan bir dala so‘rab olaylik”, deb turib oldi. Xolib, eshakdan tushayotgan qiziga: “Ha, qizim, biron bir istaging bormi?” — deb so‘radi. |
| 19 |
| “Menga bir sovg‘a qilsangiz, — dedi Axsa. — Siz menga Nagav cho‘lidagi yerni berdingiz, endi suv buloqlarini ham hadya eting.” Shunday qilib, Xolib unga tepadagi va pastdagi buloqlarni berdi. |
| 20 |
| Quyida aytib o‘tilgan yerlarni Yahudo qabilasi ulush qilib oldi. |
| 21 |
| Bu hududning eng janubidagi, Edom yurtining chegarasidagi shaharlarning nomlari quyidagicha edi: Kabzayol, Eder, Yog‘ur, |
| 22 |
| Xino, Dimona, Adad, |
| 23 |
| Kedesh, Xazor, Yitnon, |
| 24 |
| Zif, Talim, Bolo‘t, |
| 25 |
| Xazor–Xadatto, Xariyo‘t–Xazron (ya’ni Xazor), |
| 26 |
| Emom, Shama, Mo‘lodax, |
| 27 |
| Xazor–Gaddax, Xashmon, Bayt–Palat, |
| 28 |
| Xazor–Shuvol, Bersheva, Bizyo‘tayox, |
| 29 |
| Baalax, Iyim, Ezam, |
| 30 |
| Elto‘lad, Xasil, Xo‘rmax, |
| 31 |
| Zixlax, Madmanno, Sansanno, |
| 32 |
| Laboyo‘t, Shilxim, Oyin, Rimmon. Hammasi bo‘lib yigirma to‘qqizta shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar. |
| 33 |
| Qir etaklarining shimolidagi shaharlarning nomi esa quyidagicha edi: Eshtoyo‘l, Zorox, Ashnah, |
| 34 |
| Zono‘vax, En–Xannim, Tappux, Enom, |
| 35 |
| Yarmut, Adullam, So‘xo‘, Ozikah, |
| 36 |
| Sharayim, Aditayim, Gedera, Gadero‘tayim. Hammasi bo‘lib o‘n to‘rtta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar. |
| 37 |
| Qirlar etaklarining janubida quyidagi shaharlar bor edi: Zinon, Hadasha, Migdal–Gad, |
| 38 |
| Dilan, Mispax, Yoxtal, |
| 39 |
| Laxish, Bozxat, Eglon, |
| 40 |
| Kabbo‘n, Laxmos, Xitlish, |
| 41 |
| Gadero‘t, Bayt– Do‘g‘on, Namax, Makkedo. Hammasi bo‘lib o‘n oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar. |
| 42 |
| Qir etaklarining markaziy qismidagi shaharlar quyidagilar edi: Libna, Eter, Oshon, |
| 43 |
| Yiftox, Ashnah, Naziv, |
| 44 |
| Keylax, Axsib, Morisho. Hammasi bo‘lib to‘qqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar. |
| 45 |
| Yahudo qabilasining hududi Exronning barcha shaharlari va ularning atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olar edi. |
| 46 |
| Chegara Exrondan g‘arbga, O‘rta yer dengizi tomon cho‘zilib, Ashdodning yonida bo‘lgan barcha shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olar edi. |
| 47 |
| Ularning hududi Ashdod va uning shaharlariyu qishloqlarini, G‘azo va u yerdan Misr chegarasidagi soylikkacha bo‘lgan joylardagi shaharlar va qishloqlarni, O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i bo‘yidagi shaharlarni o‘z ichiga olar edi. |
| 48 |
| Yahudo qabilasi qirlarda quyidagi shaharlarni ulush qilib oldi: Shomir, Yatir, So‘xo‘, |
| 49 |
| Danno, Xirat–Sanno (ya’ni Davir), |
| 50 |
| Onov, Eshtamo‘va, Onim, |
| 51 |
| Go‘shen, Xo‘lun va Gilox. Hammasi bo‘lib o‘n bitta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar. |
| 52 |
| Qirlardagi quyidagi shaharlar Yahudo qabilasining hududiga kirar edi: Arab, Dumax, Ishan, |
| 53 |
| Yonum, Bayt–Tappux, Ofoqa, |
| 54 |
| Xumtax, Xirat–Arba (ya’ni Xevron) va Zior. Hammasi bo‘lib to‘qqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar. |
| 55 |
| Yana qirlarda quyidagi shaharlar Yahudo qabilasining ulushi bo‘ldi: Moyun, Karmil, Zif, Yutto, |
| 56 |
| Yizril, Yoxdayom, Zono‘vax, |
| 57 |
| Qayin, Givo va Timnax. Hammasi bo‘lib o‘nta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar. |
| 58 |
| Qirlardagi mana bu shaharlar ham o‘sha hududga kirardi: Xalxul, Bayt–Zur, Gado‘r, |
| 59 |
| Marot, Bayt–Ano‘t va Eltaxo‘n. Hammasi bo‘lib oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar. |
| 60 |
| Xirat– Baal (ya’ni Xirat–Yorim) va Rabba — qirlardagi mana shu ikki shahar va ularning atrofidagi qishloqlar ham Yahudo qabilasining ulushi bo‘ldi. |
| 61 |
| O‘lik dengiz bo‘yidagi adirlarda joylashgan quyidagi shaharlar ham Yahudo qabilasiga tegishli bo‘ldi: Bayt–Araba, Middin, Saxoxo, |
| 62 |
| Nivshon, Tuz shahri va Engedi. Hammasi bo‘lib oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar. |
| 63 |
| Ammo Yahudo qabilasi Yobus xalqini Quddusdan haydab chiqara olmadi. Bugungacha Yobus xalqi Yahudo xalqi bilan birga Quddusda yashaydi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/joshua/015.mp3
24
15