Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Yusuf avlodlariga berilgan ulushning janubiy chegarasi Yerixo shahrining yonidagi Iordan daryosidan, Yerixo bulog‘ining sharqidagi joydan boshlanadi. Keyin Yerixoning oldidan o‘tib, shimoli–g‘arbdagi Yahudo adirlari orqali qirlardagi Baytil shahrigacha cho‘ziladi. |
| 2 |
| Keyin Baytil, ya’ni Luzdan ham o‘tib, Orx xalqiga tegishli bo‘lgan Otro‘t–Adargacha boradi. |
| 3 |
| Chegara u yerdan g‘arbdagi Yaflet avlodining yerigacha cho‘zilib, pastki Bayt–Xo‘rongacha boradi. Keyin chegara Gezer shahrigacha borib, O‘rta yer dengizining oldida tugaydi. |
| 4 |
| Yusuf avlodlari bo‘lgan Manashe va Efrayim qabilalari mana shu yerlarni ulush qilib oldilar. |
| 5 |
| Efrayim qabilasining urug‘lariga quyidagi yerlar berildi: bu yerlarning janubiy chegarasi Otro‘t–Adarda boshlanadi–da, g‘arb tomonga, tepadagi Bayt–Xo‘rongacha cho‘zilib, |
| 6 |
| [6-7] O‘rta yer dengizining oldida tugaydi. Sharqiy chegarasi Mixmatitdan janub tomonga boradi, Tanat–Shilo‘, Yonox, Otaro‘t, Naro shaharlaridan o‘tib, Iordan daryosining Yerixoga yaqin bo‘lgan joyida tugaydi. |
| 7 |
| *** |
| 8 |
| Shimoliy chegarasi esa Tappuxdan g‘arbga boradi. Keyin Kanax soyligi bo‘ylab cho‘zilib, O‘rta yer dengizida tugaydi. Mana shu yerlarni Efrayim qabilasi ulush qilib oldi. |
| 9 |
| Efrayim qabilasiga yana Manashe hududida joylashgan bir nechta shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlar ham berildi. |
| 10 |
| Ammo Efrayim qabilasi Gezerda yashaydigan Kan’on xalqini quvib chiqarmadi. Bu xalq bugungi kungacha Efrayim qabilasi orasida yashaydi, lekin ular qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur qilinganlar. |
| Eslatmalarni saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/joshua/016.mp3
24
16