Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Oradan vaqt o‘tdi. Bug‘doy o‘rimi paytida, Shimsho‘n bir uloqcha olib, xotinining oldiga bordi. U qaynatasiga: — Men xotinimning oldiga kirmoqchiman, — dedi. Qaynatasi esa Shimsho‘nni ichkariga kirgizmadi. |
| 2 |
| — Sen qizimni tashlab ketding, deb o‘ylagandim, — dedi u. — Shuning uchun uni kuyov jo‘rangga uzatib yubordim. Qara, kenja qizim undan ham chiroyliroq. Kel, uning o‘rniga singlisini olaqol. |
| 3 |
| — Bu safar Filistlarga yomonlik qilsam, aybga buyurmaysiz, — deb chiqib ketdi Shimsho‘n. |
| 4 |
| Shimsho‘n uch yuzta tulki ushlab keldi. Tulkilarni juft–juft qilib, dumlarini bir–biriga bog‘ladi–da, orasiga bittadan mash’ala qistirdi. |
| 5 |
| So‘ng mash’alalarni yoqib, tulkilarni Filistlarning bug‘doyzorlariga qo‘yib yubordi. Bug‘doyzor va don g‘aramlarini alanga oldi–yu, Filistlarning uzumzorlari va zaytun bog‘larini yamladi. |
| 6 |
| Filistlar: “Buni kim qildi?” — deb surishtira boshladilar. “Buni Timnaxlik bir odamning kuyovi, Shimsho‘n qildi, — dedi bir kishi. — U o‘sha Timnaxlikning qiziga uylangan ekan, qaynatasi esa qizini kuyovning jo‘rasiga uzatib yuboribdi.” Shunda Filistlar kelib o‘sha juvon bilan otasining xonadonini yoqib yuborishdi. |
| 7 |
| Shimsho‘n bundan xabardor bo‘lgach, Filistlarning oldiga borib: “Ont ichib aytamanki, shu qilmishlaring uchun sizlardan o‘ch olmagunimcha qo‘ymayman!” — dedi. |
| 8 |
| Shimsho‘n ularni shafqatsizlarcha qirib tashladi. Keyin esa u yerlarni tark etib, Etom qoyasidagi bir g‘orga borib yashadi. |
| 9 |
| Ko‘p o‘tmay Filistlar Yahudoda qarorgoh qurib, Lexi shahrini bosib olishdi. |
| 10 |
| Yahudo odamlari: “Nima uchun bizga hujum qildingizlar?” — deb so‘radilar. Ular esa: “Biz Shimsho‘nni qo‘lga olmoqchimiz. Bizga qilgan yomonligini qaytarib o‘z boshiga solmoqchimiz”, — deb javob berishdi. |
| 11 |
| Yahudo qabilasidan uch mingta odam Etom qoyasiga borib Shimsho‘nga: — Filistlar bizga hukmronlik qilishlarini bilmaysanmi? — dedilar. — Sen boshimizga bitgan balo bo‘lding–ku! Shimsho‘n javob berib dedi: — Men qilmishlariga yarasha jazosini berdim, xolos. |
| 12 |
| — Biz seni olib ketgani keldik, — dedi Yahudo odamlari. — Seni bog‘lab Filistlarga bermoqchimiz. — Xo‘p, mayli, — dedi Shimsho‘n. — Ammo sizlar meni o‘ldirmaslikka so‘z beringlar. |
| 13 |
| — Biz seni o‘ldirmaymiz, — deb so‘z berdi ular. — Biz seni bog‘lab ularga topshirsak bo‘ldi. Yahudo odamlari Shimsho‘nni ikkita yangi arqon bilan bog‘lab, shaharga olib keldilar. |
| 14 |
| Shimsho‘n Lexiga kelganda, Filistlar uni qiy–chuv bilan qarshilab olishdi. Shu zahoti Egamizning Ruhi Shimsho‘nni qamrab olib, yanada kuchini oshirdi. Shimsho‘n qo‘llaridagi arqonlarni kuygan zig‘ir tolalarini uzayotganday osonlikcha uzib tashladi. |
| 15 |
| So‘ng atrofiga bir nazar solib, eshakning jag‘ suyagini ko‘rib qoldi. Jag‘ suyak oftobda qurib ketmagani uchun qattiq va og‘ir edi. Shimsho‘n suyakni olib, Filistlarni savalay boshladi. O‘sha kuni u ming nafar odamni o‘ldirdi. |
| 16 |
| Shunda Shimsho‘n dedi: “Eshakning jag‘ suyagi bilan mingta odamni o‘ldirdim. Eshakning jag‘ suyagi bilan ularni uyum–uyum qildim.” |
| 17 |
| U gapini tugatib bo‘lgach, suyakni uloqtirib yubordi–da, o‘sha joyni Ramat–Lexiy, deb atadi. |
| 18 |
| Shimsho‘n rosa chanqab ketdi, so‘ng Egamizga iltijo qilib dedi: “Sen qulingga shunday buyuk bir g‘alabani berding. Hozir esa men tashnalikdan ado bo‘lib, sunnatsizlarning qo‘liga tushamanmi?!” |
| 19 |
| Xudo Lexida yer ostidagi bo‘shliqni yorib, u yerdan suv chiqardi. Shimsho‘n suv ichib o‘ziga keldi. Shuning uchun buloq En–Xaqqor, deb ataldi, u bugunga qadar Lexidadir. |
| 20 |
| Filistlar davrida Shimsho‘n Isroil xalqiga yigirma yil davomida hakam bo‘lib xizmat qildi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/judges/015.mp3
21
15