Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Rutga qaynanasi Naima shunday dedi: — Qizim, birortasi bilan ro‘zg‘or qilsang, o‘zingga yaxshi bo‘larmidi. Men senga qayliq topib berishim lozim.
Bo‘az Rutga dedi: — Seni Xudo yorlaqasin, qizim. Sening bu safargi oilangga qilgan sadoqating oldingisidan ham a’lodir. Sen kambag‘al yoki boyvachcha yigitlarning ortidan chopmading.
Shu kecha o‘tsin, yotaver. Agar ertaga u kishi senga nisbatan o‘z burchini o‘tamoqchi bo‘lsa, mayli, seni olaversin. Bordi–yu, o‘z burchini o‘tashni xohlamasa, men o‘z zimmamga olaman. Xudo haqi, men o‘z zimmamga olaman. Ertalabgacha uxlayver.
Rut Bo‘azning oyoq tomonida sahargacha uxladi. Ko‘z ko‘rmaydigan, g‘ira–shira tong paytida Rut o‘rnidan turdi. Bo‘az “Xirmonga uning kelganini odamlar bilmay qo‘ya qolishsin”, deb,
Rutga: — Sholro‘molingni ochib, ushlab tur, — dedi. Rut sholro‘molini ochib ushlab turdi. Bo‘az esa olti tog‘ora arpa o‘lchab, sholro‘molga soldi va orqasiga ko‘tartirib qo‘ydi. Keyin o‘zi shaharga jo‘nab ketdi.
Rut esa qaynanasi oldiga qaytdi. Qaynanasi undan: — Nima bo‘ldi, qizim? — deb so‘radi. Bo‘az Rutga qanday munosabatda bo‘lgan bo‘lsa, hammasini Rut qaynanasiga aytib berdi.
Qaynanasi Rutga dedi: — Qizim, bu ishlar nima bilan tugaydi, hali bilmaysan, — dedi. — Kutib turgin–chi, u bu ishni bugunoq oxiriga yetkazmay qo‘ymasa kerak.