Egamiz Shomuilga aytdi: — Sen qachongacha Shoulni deb g‘amgin bo‘lib yurasan?! Shoul Isroil shohi bo‘lmasin, deb uni Men rad etdim. Qani, endi qo‘chqor shoxini moy bilan to‘ldirib, yo‘lga otlan. Seni Baytlahmlik Essayning uyiga jo‘nataman. Uning o‘g‘illaridan bittasini O‘zimga shoh qilib tanladim.
— Qanday qilib boraman?! Shoul eshitib qolsa, meni o‘ldiradi–ku! — dedi Shomuil. — O‘zing bilan bitta buzoqchani olgin–da: “ Egamizga qurbonlik qilgani keldim”, deb ayt, — dedi Egamiz.
— Essayni qurbonlikka taklif qil. O‘shanda nima qilishing kerakligini Men senga ayon qilaman, O‘zim senga ko‘rsatadigan odamning boshiga Mening nomimdan moy surtib, uni tanlaysan.
— Ha, tinchlik, — dedi Shomuil. — Egamizga qurbonlik qilgani keldim. O‘zlaringizni poklanglar, men bilan qurbonlik marosimiga borasizlar. So‘ng Essayni va uning o‘g‘illarini ham poklab qurbonlik marosimiga taklif qildi.
Egamiz esa Shomuilga dedi: — Uning chiroyi va qomatdorligiga qarama. Men uni rad etdim, chunki Men insonlarday emasman. Insonlar tashqi ko‘rinishiga qaraydi, Men esa diliga qarayman.
Nihoyat Shomuil Essaydan: — O‘g‘illaringning hammasi shularmi? — deb so‘radi. — Yana eng kenjasi bor, qo‘y boqyapti, — dedi Essay. — Birortasini jo‘nat, uni chaqirib kelsin, — dedi Shomuil. — O‘sha o‘g‘ling bu yerga kelmaguncha, taom yemoqqa o‘tirmaymiz.
Essay bittasini yuborib, o‘g‘lini oldirib keldi. U chiroyli, kelishgan yigit bo‘lib, ko‘zlari yonib turardi. — Qani, uning boshiga moy surtib tanla! Men tanlagan odam shu! — dedi Egamiz Shomuilga.
Shomuil moy solingan shoxni oldi–da, akalarining ko‘z o‘ngida yigitning boshiga moy surtdi. O‘sha paytda Egamizning Ruhi Dovudni qamrab oldi va o‘sha kundan boshlab uni boshqaradigan bo‘ldi. Shomuil esa Ramaga qaytib ketdi.
— Janobi oliylari biz, qullariga amr bersalar, lirani yaxshi chaladigan odamni topib kelar edik. Xudo yuborgan yovuz ruh sizni tutib qolganda, u lira chaladi, siz esa yengil tortasiz.
— Baytlahmlik Essayning o‘g‘illaridan birini ko‘rgan edim, — dedi yigitlardan bittasi. — Lirani yaxshi chalar ekan. Buning ustiga, jasur jangchi, gaplari ma’nili, o‘zi ham kelishgan yigit. Egamiz u bilan.
O‘sha kundan boshlab Xudo yuborgan yovuz ruh Shoulni qiynaganda, Dovud lirani olib chalar, Shoul o‘ziga kelib rohatlanar, yovuz ruh Shouldan chekinardi.